Янгиликлар
Mustaqillikning 30 yilligiga munosib tuhfa
Bugun 31 avgust Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi binosida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarma rahbariyati, markaziy apparat va adliya bo‘limlari xodimlari, advokatlar, notariuslar hamda ota-onalar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i O’ral Ostanov so‘zga chiqib, barchani qutlug‘ ayyom bilan samimiy qutlab, so‘ngi yillarda adliya tizimida amalga oshirilgan islohotlarga to‘xtalib, adliya organlari chin ma’noda xalqning huquqiy maslahatchisiga aylanganligini, tuman (shahar) adliya bo‘limlarining tashkil etilishi esa fuqarolarning adliya organlariga bo‘lgan ishonchini oshirish bilan bir qatorda ularga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmat sifati yanada yaxshilanib borayotganligini ta’kidladi.
Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, mamlakatimizning qutlug‘ ayyomi arafasida alohida xizmatlari bilan fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh soha vakillari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 maydagi Farmoniga asosan ta’sis etilgan “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan mukofotlandi.
Shuningdek, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining ayrim xodimlari munosib xizmatlari uchun faxriy yorliq, tashakkurnoma hamda turli nominatsiyalar bo‘yicha esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.