Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

1001 TA SAYLOV UChASKASI TUZILDI


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda hududda saylov uchastkalarini tuzish masalasi muhokama etildi.

Ma’lumki, Saylov kodeksining 10-moddasiga ko‘ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi.

Saylovchilarga imkon qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida saylov uchastkalari tumanlarning, shaharlarning, shaharlardagi tumanlarning chegaralari inobatga olingan holda tuziladi.

Majlisda tuman va shaharlar hokimliklari taqdimnomasi asosida okrug saylov komissiyasi viloyat hududida 1001 ta saylov uchastkasi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi (https://t.me/qashvilhokimligi/16495).