Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

“Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5233-son, 25.08.2021 y.) qabul qilindi


Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 oktyabrdan investorning qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan, uning o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan investitsiya loyihalari doirasida byudjet ssudasi mablag‘lari:

elektr energiyasi tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJlarga;

tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun – “O‘ztransgaz” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJlarga ajratiladi.

Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari huzuridagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladi.