Янгиликлар
2021 yil 9 avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6275-sonli Prezident Farmoni to‘g‘risida.
2021 yil 9 avgustda PF-6275-sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra:
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) instituti ta’sis etildi;
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimi tugatildi.
Bolalar ombudsmani:
o‘z vakolatlarini mustaqil amalga oshiradi, faoliyatida Oliy Majlis palatalariga hisobdordir;
Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
Bolalar ombudsmani lavozimiga nomzod Oliy Majlis palatalari ko‘ribchiqishi uchun Prezident tomonidan kiritiladi.
Farmonga ko‘ra, Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilindi.
Shuningdek, 2021 yil 1 sentyabrdan quyidagilar tashkil etiladi:
Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tarkibida Bolalarni himoya qilish masalalari sho‘‘basi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati;
tuman (shahar) hokimliklaridabolalarnihimoyaqilishsho‘‘balari.
Vazirlar Mahkamasi sho‘‘basi va Vazirlar Mahkamasi kotibiyatining hududiy tuzilmalariga ishga birinchi navbatda “psixologiya”, “yurisprudensiya” va “ijtimoiyish” sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega fuqarolar qabul qilinadi.