Янгиликлар
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston” gazetasiga bergan intervyusining mazmun-mohiyati haqida
Joriy yilning 25 avgust kuni viloyat adliya boshqarmasi binosida Davlat boshqaruvi akademiyasi Qarshi xududiy filiali, Qashqadaryo viloyati xokimligi, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari hamda OAV vakillari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston” gazetasiga bergan intervyusining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari R.Yuldoshev, Davlat boshqaruvi akademiyasi Qarshi hududiy filiali direktori J.Eshtemirov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limi rahbari L.Saodatova, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Nasimovlar so‘zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston” gazetasiga bergan intervyusidan kelib chiqib, birinchi navbatda mustaqillik yillari va bosib o‘tilgan qadamlar hamda Mustaqillik evaziga amalga oshirilayotgan muhim islohotlar va ular asosida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuv davomida bugungi tahlikalik davrda O’zbekiston Respublikasining suvereniteti va davlat mustaqilligini, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti hamda milliy manfaatlarimizni ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan Qurolli Kuchlarimizning o‘rni beqiyos ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, qadim tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, o‘zligimizga nazar misolida mana shunday unutilmas tarixiy jarayonlarda faol ishtirok etib kelayotganligimiz ham mustaqilligimizning sharofati ekanligi haqida ham so‘z yuritildi.
Tadbir mobaynida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston” gazetasiga bergan intervyusining mazmun-mohiyati soha vakillari tomonidan chuqur munozara qilinib, undagi uzoq kelajakda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan islohotlar haqida fikr almashildi.