Янгиликлар
Prezident qarorlari-hayotda va nazoratda
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan har xafta viloyat televideniyesi orqali aholiga qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib borish maqsadida ko‘rsatuvlar tashkil etilmoqda.
Xususan, joriy yilning 24 avgust kuni boshqarmaning Nodavlat-notijorat tashkilotlari bo‘limi katta maslahatchisi E.Dustov va O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Qashqadaryo viloyat bo‘linmasi bosh mutaxassisi E.Xushnazarovlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5012-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan viloyat televideniyesining “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” ko‘rsatuvi uchun davra suhbati tashkil qilindi.
Davra suhbati mobaynida qarorga muvofiq, 2021 yil 1 martdan nodavlat notijorat tashkilotlar xorijiy manbalardan olinadigan pul mablag‘lari va mol-mulkning bir yildagi jami summasi BXMnin 20 baravaridan 100 baravarigacha oshirilganligi, NNT qayta ro‘yxatdan hamda uning ramzini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati bir oydan o‘n besh kungacha qisqartirilganligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, nuroniylar, xotin-qizlar, bolalar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji undirilmasligi, NNTning alohida bo‘linmasi yuridik shaxs hisoblanishi va bunda alohida bo‘linmalarni hisobga qo‘yish tartibi bekor qilinganligi va boshqalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.