Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Mustaqillik huquq demakdir


Bugungi musaffo osmonimiz, dunyoda o‘zimizga hos mavkega ega bo‘lishimiz, o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilashimiz, boy merosimiz va tariximiz, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimizning qayta tiklanishi mustaqillikning eng katta inomlaridandir.

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami munosabati bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.

Hususan, joriy yilning 5-20 avgust kunlari boshqarma tomonidan “Mustaqillik huquq demakdir” mavzusida ijodiy (rasm, she’r, videorolik) onlayn tanlovi tashkil etildi.

Tanlov g‘oliblarini aniqlashda: ijodiy ishlarda Mustaqillikni madh etuvchi so‘zlar jarangdorligining mavjudligi, Mustaqillik yillarida vatan ravnaqi yo‘lida erishilgan yutuqlar va amalga oshirilgan ishlarning yoritilganligiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tanlov natijalariga ko‘ra, joriy yil 25 avgust kuni ijodkor-jurnalist, shoira, Kurbonova Muxayyobonu I-darajali, Qarshi shahar 17-son umumta’lim maktabi targ‘ibotchisi Otamurodova Klara II-darajali
va Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Maloxat Avazova III-darajali diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, tanlovda 3 nafar faol ishtirok etgan ishtrokchilarga boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.