Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Uy-joylarni sotib olish uchun boshlang‘ich badal kvartira qiymatining kamida 15 foizi etib belgilandi


Vazirlar Mahkamasi qarori (539-son, 23.08.2021 y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

O’zgartirishlarga muvofiq, uy-joy olish yoki yakka tartibdagi uy-joylar uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi bo‘yicha 2020 yildagi subsidiyalar to‘lashning maqsadli mo‘ljallari doirasida subsidiyalarni to‘lash muddati 2021 yil 1 dekabrgacha uzaytirildi. Ilgari 2021 yil 1 iyulgacha edi.

Ushbu tartib doirasida uy-joylarni sotib olish uchun boshlang‘ich badal kvartira qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdor etib belgilandi. Ilgari shaharlarda kamida 20, qishloqlarda kamida 10 foiz edi.

Mazkur tartibga ko‘ra, daromadi yuqori bo‘lmagan oila sifatida qishloqlarda daromadi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,0 baravaridan 6,9 baravarigacha, shaharlarda esa 3,0 baravaridan 8,0 baravarigacha etib belgilandi. Ilgari tegishlicha 3,8 dan 5,8 baravarigacha hamda 4,0 dan 6,5 baravarigacha edi.