Янгиликлар
Ishonchnoma talab qilinmaydi degani uni rasmiylashtirish kerakmas degani emas
2021 yil 1 sentyabrdan haydovchilardan ishonchnomaning so‘ralmasligi, haydovchilar ishonchnoma rasmiylashtirmasa ham bo‘ladi degani emas.
Ya’ni, haydovchilar xuddi avvalgidek, ishonchnomani notarius orqali rasmiylashtiradi, Faqat ishonchnomani yonida olib yurmasa ham bo‘ladi.
Chunki 2021 yil 1 sentyabrdan ishonchnomalarni YPX xodimlari elektron tizim orqali mustaqil tekshiradi.
Ishonchnoma bilan bir qatorda texnik ko‘rikka oid va “tonirovka” bo‘yicha hujjatlarning mavjudligi ham elektron tarzda tekshiriladi.
Demak, haydovchi ushbu hajjatlarni ham yonida olib yurishi shart emas.