Янгиликлар
Avtomobilga benzin quyish, gaz to‘ldirish va gaz quyish stansiyalarini qurish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi
Avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l kesishmalarini, avtomobil yo‘llari va ko‘chalar bo‘yida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini kelishish
Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy va yuridik shaxslar
Xizmatni ko‘rsatish tartibi
1. Ariza beruvchilar loyihalarni kelishish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YaIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
2. So‘rovnoma to‘ldirilib, vakolatli organ – Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi yoki uning hududiy boshqarmalariga elektron tarzda yuboriladi.
3. Vakolatli organ so‘rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 16 ish kuni mobaynida QR-kod qo‘yilgan xulosani rasmiylashtiradi hamda Davlat xizmatlari markazlariga yoki ariza beruvchilarga YaIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Mazkur tartib quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
● aholi yashash mavzelari, dahalari va yopiq ob’ektlarning ichki hududlaridagi ob’ektlar;
● qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiriladigan dalalar, ekin maydonlarining ichki hududlaridagi ob’ektlar;
● yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘lning qatnov qismida erkin harakatlanishiga xalaqit qilmaydigan qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari olib boriladigan har qanday ob’ektlar.
Xizmatni ko‘rsatish muddati:
16 ish kuni ichida
Xizmat narxi:
BHMning 30 foizi miqdorida – 73 500 so‘m;
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 66 150 so‘m.
Huquqiy asos: Hukumat qarori (https://lex.uz/docs/5316050) (111-son, 01.03.2021 y.)