Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Adliya vazirligi 1000 ta yurist lavozimiga tanlov eʼlon qiladi


Adliya vazirligi respublikaning barcha hududlarida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida tanlov eʼlon qiladi.

  Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

● yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy maʼlumotga yoki TDYUU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarining diplomiga ega bo‘lish;
● davlat tilini mukammal bilish (xorijiy tillarni mukammal bilishga ustuvorlik beriladi);
● markaz boshlig‘i lavozimi uchun mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yil ish staji talab etiladi.

  Mehnat sharoiti va ish haqi:

➖ barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
➖ oylik ish haqi lavozimga qarab qo‘shimcha to‘lovlari bilan birga o‘rtacha 4-5 mln. so‘m;
➖ qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy taʼminot;
➖ idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Qo‘shimcha imtiyozlar:

 - adliya organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan martaba darajalari;
 - (1-darajali yurist) beriladi va ko‘p yillik xizmatlari uchun ustama haq to‘lanadi.
 - kamida uch yil mehnat stajiga ega bo‘lganda:

 - litsenziya olish uchun advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor sifatida advokatlik tuzilmasida stajirovkadan o‘tmasdan malaka imtihonida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi;
- notarial idorada olti oy muddat stajirovka o‘tab malaka imtihonini topshirish huquqiga ega bo‘ladi.

Murojaat muddati va manzil:

  nomzodlar 2021 yil 6 sentyabrga qadar belgilangan namunadagi ariza, maʼlumotnoma-obyektivka, pasport va diplom nusxasini vacancy.adliya.uz sayti orqali yuborishlari lozim.

  Ishga qabul qilish tartibi va savollar ro‘yxati bilan www.adliya.uz sayti (adliya.uz/uz/about/jobs/hiring_order) orqali tanishishingiz mumkin.

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni:

● Adliya vazirligining (71) 207-04-64 telefon raqami;
● @antikorbot telegram boti orqali berishingiz mumkin.