Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining hududiy filiallari tashkil etildi


“Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5223-son, 13.08.2021 y.) qabul qilindi.

  Qarorga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz)ga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

Markaz, jumladan, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda mahalliy davlat hokimiyati organlarini ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar bilan doimiy ravishda ta’minlab boradi.

  Qaror bilan Markaz tuzilmasida quyidagilar tashkil etildi:

➖ Sanoat klasterlari faoliyatini rivojlantirish sho‘’basi;
➖ IT-texnologiyalarni joriy etish va ma’lumotlar bazasini integratsiyalash sho‘’basi;
➖ Jamoatchilik bilan aloqalar va marketing sho‘’basi.

  Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida Markazning hududiy filiallari tuzildi.