Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Erkin va adolatli saylov – demokratiyaning muhim sharti.


O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2021 yil 23 iyulda “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish kunini belgilash va saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilish to‘g‘risida” qaror qabul qilindi. Qarorga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 2021 yil 24 oktabr kuni o‘tkazilishi belgilandi va saylov kampaniyasi joriy yil 23 iyuldan boshlanganligi e’lon qilindi.

Shu o‘rinda, joriy yil 18 avgustda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi J.Norov “Oltin voha” radiosida “Bugunning ovozi” ko‘rsatuvi orqali O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik va uning o‘tkazilishi haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasining 2021 yil 9 avgustdagi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun 14 ta saylov okruglari tuzilganligi hamda Saylov kodeksining 26-moddasida davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun kerakli bo‘lgan binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishi shartligi belgilanganligi haqida ham so‘z yuritildi.