Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Adliyaning bir ish kuni


Joriy yilning 20 avgust kuni Dehqonobod tuman adliya bo‘limining faoliyati yuzasidan “Sevimli” telekanali hamkorligida “Adliyaning bir ish kuni” ko‘rsatuvi tayyorlandi.

Ko‘rsatuvda adliya bo‘limining ish faoliyati hamda ijobiy hal etilgan murojaatlar yuzasidan fuqarolardan intervyular olindi.

Xususan, Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Xalq ta’limi bo‘limi faoliyatida Mehnat kodeksining 148-moddasi talablariga rioya qilish ahvoli tahlil qilindi.

Bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan tahlil davomida tuman Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 96 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ishlovchi o‘qituvchilarga naqd pul ko‘rinish shaklidagi jami 507 377 100 so‘m miqdoridagi mehnat ta’tili pullari kechiktirilib, to‘lanmasdan turganlik holati aniqlandi.

Ushbu aniqlangan holat bo‘yicha tuman adliya bo‘limi tomonidan Xalq ta’limi bo‘limiga naqd pul shaklida to‘lanmasdan turgan mehnat ta’tili pullarini to‘lashni so‘rab taqdimnoma kiritildi. Tuman Xalq ta’lim bo‘limiga kiritilgan taqdimnoma natijasiga ko‘ra 96 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimlariga jami 507 377 100 so‘m miqdoridagi mehnat ta’tili pullari to‘lab berildi.

Shuningdek, Dehqonobod tuman “Chambil” MFY raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimda ishlovchi fuqaro T.M va “Beliboyli” MFY raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalri bo‘yicha o‘rinbosari lavozimda ishlovchi fuqaro B.E tuman adliya bo‘limiga 2021 yil may oyida mehnat ta’tiliga chiqganligini, lekin “Mahalla” hayriya jamoat fondi tuman bo‘limi tomonidan moddiy yordam puli ajratilmayotganligi sababli ushbu masalada amaliy yordam berishlikni so‘rab murojaat qilgan.

Tuman adliya bo‘limining aralashuvi bilan “Mahalla” hayriya jamoat fondi tuman bo‘limi tomonidan fuqaro T.M va B.Elarga moddiy yordam pullari ajratilib, to‘lab berildi.