Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

“Ayollar daftari”ga kiritilgan huquqiy maslahatga mohtoj ayollar bilan sayyor uchrashuvlar tashkil etilmoqda


Kitob tuman adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 19 avgust kuni “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahallada “Ayollar daftari”ga kiruvchi huquqiy maslahatga muxtoj ayollar ishtirok etishib, ularning aliment, arzon tipdagi ipoteka krediti asosida uy-joy olish, yer uchastkasi ajratish, nafaqa va moddiy yordam ajratish, kommunal, fuqarolik sud ishlari va boshqa huquqiy masalalardagi savollariga joyida to‘liq huquqiy tushuntirishlar berilib, bu borada maxsus tayyorlangan flayer va tarqatma materiallar fuqarolarga tarqatib berildi.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilariga joriy yilda bo‘lib o‘tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yuzasidan Saylov – 2021: o‘z kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida saylov qonunchiligiga oid huquqiy tushuntirishlar ham berib o‘tildi.