Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Hashar - elga yarashar


Yurtimizda turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan umumxalq hayriya hasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylangan. Xalqimizda azaldan tozalik va orastalikka, obodonchilik ishlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Shu o'rinda joriy yil 21 avgust kuni “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari tashkil etildi.

Tadbirda binolarning ichki va tashqi ko‘rinishlari obodonlashtirildi hamda xodimlar o‘rtasida hamjixatlik, mehr-oqibat, ishonch va do‘stlik rishtalari yanada mustahkamlandi.