Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Aholiga qonun hujjatlari tushuntirildi


Bugun viloyat televideniyesida adliya boshqarmasi va Mirishkor tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

 “Muloqot” ko‘rsatuvida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6275-son Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5216-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Hususan, bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishning institutsional va huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish, bolalar orasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar sodir etilishining barvaqt oldini olish, nogironligi bo‘lgan bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimi tugatilib, Bola huqulari bo‘yicha vakili instituti ta’sis etildi.
Mazkur Farmon bilan voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) idoralararo komissiyalari tegishlicha Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya, Bolalar masalalri bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari etib qayta tashkil etilib, ularning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Shuningdek, yuqoridagi Qaror bilan Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va erkinliklarini ruyobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 15 avgustidan boshlab yetim bolar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlashning tartiblari joriy etildi.
Shu bilan birga, joriy yil 1 sentyabrdan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ta’lim olishining tartiblari belgilandi.