Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Tibbiyot sohasi isloh qilinmoqda


Joriy yilning 17 avgust kuni viloyat adliya boshqarmasi J.Norov hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan tibbiyot sohasidagi sohasidagi islohotlar va bu borada qabul qilinayotgan Farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati to‘g‘risida “Oltin voha” radiosida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot tashkil etildi.

Muloqotda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish oshkorali, adolatlilik va shaffoflik tamoyillari asosida zamonaviy talablarga javob beradigan samarali xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirish, order ber mexanizmini takomillashtirish va to‘liq raqamlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 28 iyulda “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5199-son qarorining mazmu-mohiyati tushuntirildi.

Mazkur qaror bilan joriy yil 1 oktyabrdan boshlab, qarorning 1-ilovasida ro‘yxati keltirilgan tibbiyot muassasalarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga kvota asosida order berish tartibi bekor qilinib, moliyalashtirishning yangi mexanizmi asosida ularni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llashning elektron tizimi joriy etilishi belgilandi.

Shuningdek, joriy yil 1 noyabrdan boshlab respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi va uralogiya hamda 2022 yil 1 yanvardan kardiologiya, travmatologiya va ortopediya hamda akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilishiga ro‘xsat berildi.

Shu bilan birga joriy yil 1 oktyabrdan boshlab Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarni Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida bazaviy narxlarda moliyalashtirish mexanizmi joriy etilishi belgilandi.