Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Saylovchilarning siyosiy huquqlari tushuntirilmoqda


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va saylovoldi jarayonlarini qonunda belgilangan tartibda, yuqori saviyada tashkil etish va saylovchilarning saylov qonunchiligiga oid bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 17 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish hamda saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida viloyat Soliq boshqarmasi xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv mobaynida dastavval “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egaligi, mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti hamda xalqimiz turmush farovonligini, yorqin kelajagini kafolatlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega siyosiy jarayonni yuksak darajada tashkil etish maqsadi sari qo‘yilgan navbatdagi muhim qadam ekanligi tushuntirildi.

Bundan tashqari, soha xodimlariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF–6257-son Farmoni hamda shu kunda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ–5177-son qarorining mazmun-mohiyati hamda ahamiyati tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.