Янгиликлар
Soha vakillarining huquq va manfaatlari ta’minlandi
Yurtimizda inson huquq va erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar qatoridan adliya organlari tomonidan ham bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 96 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Mehnat kodeksining 148-moddasi talablariga (ta’til uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin ta’til boshlanmasidan oxirgi ish kunidan kechikmay amalga oshirilishi holati) rioya etilishi tahlil qilindi.
O’tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 96 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ishlovchi o‘qituvchi va ishchi xodimlarga jami 807377.1
(sakkiz yuz yetti million uch yuz yetmish yetti ming bir yuz) miqdoridagi mehnat ta’tili pullaridan 300000.0 (uch yuz million) so‘m miqdoridagai mehnat ta’tili pullari naqd pul shaklida to‘lab berilgan bo‘lsada, qolgan 507377.1 (besh yuz yetti million uch yuz yetmish yetti ming bir yuz) so‘m miqdoridagi mehnat ta’tili pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Vaholanki, Mehnat kodeksining 148-moddasida yillik ta’tillar davri uchun xodimga o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lash kafolatlanadi. Ta’til uchun haq to‘lash jamoa shartnomasidan belgilangan muddatlarda, lekin ta’til boshlanmasidan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi deyilgan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Dehqonobod tuman adliya bo‘limining joriy yil 16 iyuldagi taqdimnomasiga asosan, Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 96 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ishlovchi o‘qituvchi va ishchi xodimlarga to‘lanmay qolgan jami 507377.1 (besh yuz yetti million uch yuz yetmish yetti ming bir yuz) so‘m miqdoridagi mehnat ta’tili pullari to‘lab berilishi ta’minlandi.