Янгиликлар
Erkin va adolatli saylov – demokratiyaning muhim sharti.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2021 yil 23 iyulda “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish kunini belgilash va saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilish to‘g‘risida” qaror qabul qilindi. Qarorga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 2021 yil 24 oktabr kuni o‘tkazilishi belgilandi va saylov kampaniyasi joriy yil 23 iyuldan boshlanganligi e’lon qilindi.
Markaziy saylov komissiyasining 2021 yil 9 avgustdagi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun 14 ta saylov okruglari tuzildi.
Saylov kodeksining 26-moddasida davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun kerakli bo‘lgan binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishi shartligi belgilangan.
Joriy yilning 14 avgust kuni Qarshi shahrida mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa manfaatdor tashkilot vakillari ishtirokida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar ishtirokchilariga saylov qonunchiligi hamda unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.