Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Manzilli targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda


Bugungi kundagi islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirilib, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.

Joriy yilning 14 avgust kuni viloyat adliya boshqarmasi va Qarshi shahar adliya bo‘limi hamda viloyat hokimligi yuridik xizmati xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED to‘rtinchi mintaqaviy hudud 3-son hibsxonasida manzilli uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda dastavval soha vakillariga Prezident saylovi va uning o’tkazilish tartibi hamda bu boradagi o’zgarishlar haqida, shuningdek, O’zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyat ochiqligi va shaffofligini, ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–6247-son hamda 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6257-son Farmonlari hamda shu kundagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5177-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.
Bundan tashqari, mazkur xibsxonada o’z qilmishlari uchun jazo muddatini o’tab kelayotgan mahkumlarga ham Prezident saylovi va uning o’tkazilish tartibi va bu boradagi o’zgarishlar haqida hamda Jinoyat qonunchiligidagi o’zgarish va qo’shimchalar haqida tushunchalar berildi.