Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

«28-модда. Фуқароларнинг розилигисиз тиббий ёрдам кўрсатиш, профилактик эмлаш»


Joriy yil 13 avgust kuni Qarshi shahar va Qarshi tuman adliya bo‘limlari mas’ul xodimlari ishtirokida viloyat televideniyesining muloqot ko‘rsatuvi orqali ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur davra suhbatida O’zbekiston Respublikasining joriy yil 2 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O’RQ – 705-son Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.

Unga ko‘ra, amaldagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 113-moddasi “Xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmagan, shuningdek karantinli va odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lgan taqdirda O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda (sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli” yangi tahrirda bayon qilinganligi haqida tushuntirildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilib, uning nomi quyidagi “28-modda. Fuqarolarning roziligisiz tibbiy yordam ko‘rsatish, profilaktik emlash” degan tahrirda bayon etilganligi haqida so‘z britildi.