Янгиликлар
Saylov bilan kelajak sari
Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dastur doirasida Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 99196-sonli harbiy qism xizmatchilari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining mazmun-mohiyatini mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egaligi, mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti hamda xalqimiz turmush farovonligini, yorqin kelajagini kafolatlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega siyosiy jarayonni yuksak darajada tashkil etish maqsadi sari qo‘yilgan navbatdagi muhim qadam ekanligi tushuntirildi.