Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish tartibi


Xizmat: tegishli bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar

Xizmatni ko‘rsatish tartibi:

1. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etadi yoki xizmatdan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tadi.

2. So‘rovnoma to‘ldirilib, unga bino va inshoot fasadining elektron ko‘rinishdagi eskiz loyihasi ilova qilinadi.

3. Vakolatli organga bino va inshootning devorlari rejasi, kesimi (mavjud bo‘lsa), fasad va kadastr pasporti nusxasi elektron shaklda yuboriladi.

4. Vakolatli organ 5 ish kuni mobaynida joyiga borib bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish imkoniyatini o‘rganib chiqadi.

5. Bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishib bergan kunning o‘zida kelishilgan loyiha eskizi elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga YaIDXP orqali yuboriladi.

Xizmatni ko‘rsatish muddati:

5 ish kunida

Xizmat narxi:

BHMning 30 foizi miqdorida – 73 500 so‘m;

Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 66 150 so‘m.

Huquqiy asos: (https://lex.uz/docs/3743238) Hukumat qarori (370-son, 18.05.2018 y.)