Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Маънавият соати


Joriy yilning 8 iyul kuni viloyat adliya boshqarmasi xodimlari hamda O’zbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyati partiya tashkiloti rahbari N.Xalimov ishtirokida boshqarmaning navbatdagi ma’naviyat soati tashkil etildi.

Ma’naviyat soatida partiya tashkiloti rahbari N.Xalimov so‘zga chiqib, o‘tgan asrda atrof muhitga nisbatan bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish oqibatida suv va yer resurslariga, o‘simlik va hayvonot dunyosining genofondiga salbiy ta’sir ko‘rsatilib, biologik xilma-xillik qisqarganligi, atrof muhitning sanoat va boshqa turli chiqindilar bilan ifloslanish kuchayganligini ma’lum qildi.

O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va barqaror rivojlanishi, xalqimizning farovonligini yanada yuksaltirish hamda mustaqil taraqqiyotimizning hozirgi yangi bosqichida atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni kelgusi avlodlarga qoldirish borasida uzoqni ko‘zlagan davlat siyosati yo‘lidan ketayotganligini ta’kidladi.

Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, muammolarni bartaraf etish va ularning salbiy oqibatlarini oldini olish borasidagi vazifalarning ko‘lami ekologik holatni yaxshilash va yuzaga kelgan muammolarni yaxlit holda hal etishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini amalga oshirishda jamiyatning turli qatlamlariga mansub fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlashni taqozo etadi.

Davr talabidan kelib chiqib jamoatchilikning xohish-irodasi bilan tashkil etilgan O’zbekiston Ekologik partiyasi siyosiy tashkilot sifatida jamiyatni ijtimoiy guruhlarga ajratmagan holda, hozirgi va kelgusi avlodlarga musaffo tabiatni, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni, fuqarolarning qulay atrof muhitga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini amalga oshirishda jamiyatning bor kuch-salohiyatini birlashtirishga va safarbar qilishga intiladi.

Shuningdek, ma’naviyat soati davomida boshqarma xodimlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassisi tomonidan javoblar berildi.