Янгиликлар
Viloyatda yagona bo'lgan yuridik ta'lim maskani faoliyati va Qabul - 2021 haqida press tur!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi
PF-5987-sonli Farmoniga muvofiq Adliya vazirligi huzuridagi yuridik kollejlar yuridik texnikumlarga aylantirilgan edi. Shu asnoda, Qarshi yuridik
kolleji - Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi sifatida yangidan faoliyat boshlagan.
Qashqadaryo viloyatida yagona bo‘lgan ushbu ta’lim maskanining asosiy maqsadi yuridik sohada professional kasbiy malakaga ega bo‘lgan kadrlarning tayyorlash hisoblanib, ushbu ishlarda be'vosita adliya boshqarmasi va Toshkent davlat yuridik universitetidan uslubiy-ko'mak oladi.
Bugun esa Viloyat adliya boshqarmasida OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar ishtirokida Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi faoliyati va
2021 yilgi qabul jarayonlari haqida press - tur tashkil etildi.
Tadbir davomida OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar tomonidan Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining hozirgi va kelajagdagi faoliyati yuzasidan savollar berilib, keraklicha javoblar olindi.
Albatta, ushbu maskan sohaning yetuk kadrlarini tayyorlash uchun “Sotsial lift” vazifasini o‘tashiga ishonamiz!