Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

REKLAMA SOHASINI TARTIBGA SOLISH MUHIM MASALA, TILGA E’TIBOR - INSONIY BURCH


O’zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, davlat tili sifatida o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash maqsadida, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishilmoqda.

Bu borada joriy yilning 22 aprel kuni viloyat Davlat soliq boshqarmasi binosida Qashqadaryo viloyat hokimligi, viloyat Adliya boshqarmasi, viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi hamkorligida va reklama, e’lon, peshlavhalarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Mazko’r seminarda, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlari hamda sohaga oid huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida tegishli davlat idoralari va tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida peshlavha, narxnoma, e’lon va boshqa axborot matnlarini
“Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar talabiga mos kelishini ta’minlash bo‘yicha fikr almashildi.