Янгиликлар
01
Tashabbuskor yoshlar - 2021
Mamlakatimizda yoshlar siyosatiga e'tibor o'zgacha. Bilimli va tashabbuskor yoshlar ham talaygina. Chunki, faqat ulargina kelajakda Vatan taqdirini hal qiluvchi kuch bo'la oladi.
Bugungi kunda, mana shunday yoshlarimizni sinovdan o'tkazish maqsadida hududimizda mavjud barcha oliy ta'lim muassasalari hamda viloyat yuridik texinkumi o'rtasida Qashqadaryo viloyat prokurorining kubogi ya'ni "Tashabbuskor yoshlar - 2021" tanlovi tashkil etildi.
Quvonarlisi, tanlovda hududimizdagi oliy ta'lim muassasalari orasida Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining "Mediator" jamoasi ham ishtirok etdi hamda faxrli 2 - o'rinni qo'lga kiritib, viloyat adliya boshqarmasining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.