Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Tashabbuskor yoshlar - 2021


Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar siyosatiga e'tibor o'zgacha. Bilimli va tashabbuskor yoshlar ham talaygina. Chunki, faqat ulargina kelajakda Vatan taqdirini hal qiluvchi kuch bo'la oladi.

Bugun, mana shunday yoshlarimizni sinovdan o'tkazish maqsadida hududimizda mavjud barcha oliy ta'lim muassasalari hamda Viloyat yuridik texinkumi o'rtasida Qashqadaryo viloyati prokurorining kubogi ya'ni "Tashabbuskor yoshlar - 2021" tanlovi tashkil etildi.
Quvonarlisi, tanlovda hududimizdagi oliy ta'lim muassasalari orasida Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining "Mediator" jamoasi ham ishtirok etib, faxrli 2 - o'rinni qo'lga kiritdi.