Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

26
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida timbilding doirasida “Eng yaxshi oshpaz” tanlovi bo'lib o'tdi


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida timbilding doirasida “Eng yaxshi oshpaz” tanlovi natijalari e'lon qilindi.

Jamoadagi xodimlar o'rtasida o'zaro hamkorlik, ishonch va o'zaro mehr - oqibatni yanada kuchaytirish maqsadida o'tkazilgan bugungi tanlov natijalariga ko'ra:

1- o'rin: MUBORAK va KOSON tuman jamoasi

2- o'rin: YAKKABOG' VA KITOB tuman jamoasi

3 - o'rin: QAMASHI va NISHON tuman jamoalariga nasib etdi.

26
Huquqiy mahalla

HUQUQIY MAHALLA

Mirishkor  tuman adliya bo‘limi YXKM,FHDY,Davlat xizmatlari markazi xodimlari  Navbahor hamda Oqmachit MFYda  Huquqiy tarğibot tadbirlari tashkil etildi.Tadbir davomida qonunchilik va  saylov haqida huquqiy tushuntirishlar berib oʻtildi .

 Shuningdek, aholiga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi va turli davlat xizmatlari ko’rsatildi.huningdek, tuman adliya bo'limiga tashrif buyurgan xotin-qizlarga ham aksiyaning mazmun-mohiyati tushuntirilib, murojaatlari qabul qilib borilmoqda.
Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–78-son qarori mazmuni ham tushuntirildi.

O'g'rilik jinoyatini oldini olish hamda  aholi o'rtasida xavfsizlik choralari hamda javobgarlik masalalari bo'yicha manzilli tushuntirish ishlari olib borildi.

25
KOSONDA HUQUQIY MAHALLA

KOSONDA HUQUQIY MAHALLA

Joriy yilning  23-aprel  kuni Koson tuman adliya boʻlimi Davlat xizmatlari va FHDY xodimlari tomonidan "Nartichuqur" mahallasida huquqiy targ’ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir davomida qonunchilik va  saylov haqida huquqiy tushuntirishlar berib oʻtildi .

Bundan tashqari  uyma - uy yurib aholi xonadonlarida muammolarini oʻrganish olib borilib,belgilangan ijtimoiy himoya imtiyozlari, ishsizlikdan himoyalanish imkoniyatlari, shuningdek, 2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 sonli qaroriga asosan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning oqibatlari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi.

25
'ADLIYA MAHALLADA''

"Huquqiy targ'ibot kuni" tadbirlari doirasida Yakkabog‘ tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan tumandagi Oqtosh, Ulamji, Madaniyat, Yangiobod, Yoshlik MFYlarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

24
AKSIYA OILALARGA QUVONCH ULASHISHDA DAVOM ETMOQDA

AKSIYA OILALARGA QUVONCH ULASHISHDA DAVOM ETMOQDA

Oila – muqaddas va qutlug‘ dargoh. Inson shu dargohda tug‘iladi va voyaga yetadi. Oilani jamiyatning kichik bir bo‘g‘iniga qiyoslash mumkin. Lekin shu jamiyatda kichik muammolar bo'lsa, unda ozgina halovat yo'qoladi.

Bugun Jovliyevlar oilasining ana shu kichik muammosi ijobiy yechim topdi.

Oila – muqaddas va qutlug‘ dargoh. Inson shu dargohda tug‘iladi va voyaga yetadi. Oilani jamiyatning kichik bir bo‘g‘iniga qiyoslash mumkin. Lekin shu jamiyatda kichik muammolar bo'lsa, unda ozgina halovat yo'qoladi.

Bugun Jovliyevlar oilasining ana shu kichik muammosi ijobiy yechim topdi.

Shahrisabz shahar "Sinabogʻ" mahallasida yashovchi  Z.Jovliyev va G.Raximovalar bir necha yildan buyon shariy nikohda bo'lib, shu kunga qadar nikoh haqida guvohnoma qayd etilmagani aniqlandi.

"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida fuqarolarga amaliy yordam bergan holda, nikoh haqida guvohnoma Shahrisabz shahar FHDY bo'limi xodimlari tomonidan rasmiylashtirildi va fuqarolarning yashash manziliga sayyor tarzda etkazib berildi.

23
“Yuridik yordam axborot” tizimi yuzasidan seminar o'tkazildi

“Yuridik yordam axborot” tizimi yuzasidan seminar o'tkazildi.

Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish va amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan seminar o‘tkazildi.


22
QASHQADARYODA 528 793 TA DAVLAT XIZMATLARI KO'RSATILDI

QASHQADARYODA  528 793 TA DAVLAT XIZMATLARI KO'RSATILDI

Tuman (shahar) adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazlari orqali 2025-yil
1-choragida jami 528 793 ta xizmatlar ko‘rsatildi.

21
ADLIYA SIZNI ESHITADI

Muborak tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi Ko'hnashahar MFYda yashovchi fuqarolarga "Huquqiy targ'ibot kuni", "Xotin qizlarga ko‘mak aksiya" doirasida mahalla fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi.  

21
XAFSIZ MUHITNI YARATISH MUHIM!

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Qarshi shahrida joylashgan 3-sonli jazoni ijro etish muassasasida soha xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

20
SEMINAR

#adliya_xabari

“Yuridik yordam axborot” tizimi yuzasidan seminar o'tkazildi

Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish va amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan seminar o‘tkazildi.