Yangiliklar
"ZIYO ULASH" aksiyasi Qashqadaryo viloyatida chelenj shaklida tus olib, har bir fuqaro ikkita sevimli kitobini Davlat xizmatlari markazlarda tashkil etilgan kichik kutubxonalarga taqdim etmoqdalar.
Qashqadaryo viloyat adliya, soliq hamda statistika boshqarmalari bilan hamkorlikda Qarshi shahridagi “Do‘stlik uyi”da nodavlat notijorat tashkilot rahbarlari va hisobchilari ishtirokida “Muammo va yechim” mavzusida seminar tadbiri tashkil etildi.
Qarshi tuman davlat xizmatlari markazi boshqa binoga ko‘chayotganligi munosabati bilan joriy yilning 10-fevral kuni Qarshi shahar davlat xizmatlari markazida davlat xizmati ko‘rsatilishi ma’lum qilinadi.
#Adliya_xabari
????????Adliya vazirining o‘rinbosari N.Muxammadiyev "Yakkabog'" tumanidagi tadbirkorlar bilan muloqot qildi.
✍️Tadbirda, Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev va Yakkabog' tumani hokimi A.G'iyosov hamda boshqa mutasaddi idoralar rahbar va xodimlari ishtirokida Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanida mahalliy tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning faoliyati davomida duch kelayotgan huquqiy va amaliy muammolarini tingladi.
✍️Tadbirkorlar asosan kredit olishdagi to‘siqlar, soliq imtiyozlari, yer bilan bog'liq masalalar, patent olish, kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlaridagi muammolar, shuningdek, litsenziyalash tizimidagi byurokratik holatlardan shikoyat qilishdi. N.Muhammadiyev har bir murojaatni alohida qayd etib, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
????Sayyor qabul davomida mas'ullar tomonidan 60 yaqin tadbirkorlik subyektlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qabul qilindi, shundan 15 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 10 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, o'rganish talab etilgan 30 ga yaqin murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga olindi.
⭐️Sayyor qabul yakunida, Adliya vazirligi har doim tadbirkorlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyati uchun qulay huquqiy muhit yaratish yo‘lida amaliy choralar ko‘rishini ta’kidladi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi, ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha aniq yechimlar belgilab olindi.
“Huquqiy axborot” kuni tadbiri doirasi hamda reja-grafikka asosan aholining huquqiy madaniyatini hamda ijtimoiy faolliklarini oshirish maqsadida "Ko'kdala" tuman adliya bo'limi, YXKM va FHDY xodimlari tomonidan tumandagi MFYlarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
AZELIT tovar belgisidan noqonuniy ravishda foydalanish holati oldi olindi.