Yangiliklar
Joriy yilning 29-mart kuni Chiroqchi tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning Yangiqishloq mahallasida targ'ibot tadbiri tashkil qilindi.
114 yildan buyon shaxsini tasdiqlovchi hujjatisiz yashab kelgan Hayit momoning tug‘ilganlik fakti belgilandi. Unga tez orada pasport beriladi.
Mirishkor tuman Yuksalish mahallasida yashovchi Hayit Bayramova 114 yildan buyon shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz yashab kelgan. Hayit momoning farzandi Mirishkor tuman adliya bo‘limiga 1908-yilda tug‘ilgan onasining tug‘ilganlik faktini belgilashda amaliy yordam so‘rab murojaat etgan. Adliya bo'lim tomonidan to‘plangan hujjatlarni Fuqarolik ishlari bo'yicha Kasbi tumanlararo sudiga kiritdi.
Joriy yilning 28-mart kuni Mirishkor tuman adliya bo'limi yetakchi maslahatchisi A.Ashurov tomonidan “Oltin voha” radiosining “Inson va qonun” eshittirishi orqali yangi qabul qilingan qonun xujjatlari mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirildi.
“O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sog'liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1,6 baravari miqdorida qo'shimcha to'lov belgilanadi.
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalarining tarbiyachilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to'lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 75 foizi miqdorida to'lanadi.
Qonunchilikda bir qator huquqbuzarliklar to'g'risida vakolatli organlarga xabar berilganda undirilgan jarimadan mukofot puli berish belgilangan.
2022-yilda 143 ta bog'cha, 265 ta maktab, 137 ta sog'liqni saqlash muassasasi quriladi
O'zboshimchalik – “o'zicha sudlash” (samosud) fuqarolarga BHMning uchdan bir qismidan bir baravarigacha (270 ming so'mgacha), mansabdor shaxslarga esa 1 baravaridan 3 baravarigacha (810 ming so'mgacha) miqdorda jarima (https://lex.uz/docs/-97664) solishga sabab bo'ladi.
Joriy yilning 18 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Navoiy viloyati Karmana tumanida oqova suv tizimlarini qurish» hamda “Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (https://lex.uz/docs/5914826) qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri va Kitob tumanida aholi va tadbirkorlik subyektlarining oqova suv xizmati bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, ushbu hududlarning sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaxshilash, shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikni kengaytirish belgilangan.
Shuningdek, Shahrisabz va Kitob loyihasining umumiy qiymati 91,0 million yevroni tashkil etishi belgilangan.
Kitob tuman Zarafshon mahallasida viloyat Adliya boshqarmasi mas'ul xodimi S.Turapov, tuman Adliya boʻlim bosh maslahatchisi A.Xoliyarov hamda tuman Davlat xizmatlari markazi bo'lim boshlig'i B.Qurbonovlar tomonidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.