Yangiliklar
KOSONDA HUQUQIY MAHALLA
Joriy yilning 23-aprel kuni Koson tuman adliya boʻlimi Davlat xizmatlari va FHDY xodimlari tomonidan "Nartichuqur" mahallasida huquqiy targ’ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida qonunchilik va saylov haqida huquqiy tushuntirishlar berib oʻtildi .
Bundan tashqari uyma - uy yurib aholi xonadonlarida muammolarini oʻrganish olib borilib,belgilangan ijtimoiy himoya imtiyozlari, ishsizlikdan himoyalanish imkoniyatlari, shuningdek, 2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 sonli qaroriga asosan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning oqibatlari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi.
"Huquqiy targ'ibot kuni" tadbirlari doirasida Yakkabog‘ tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan tumandagi Oqtosh, Ulamji, Madaniyat, Yangiobod, Yoshlik MFYlarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
AKSIYA OILALARGA QUVONCH ULASHISHDA DAVOM ETMOQDA
Oila – muqaddas va qutlug‘ dargoh. Inson shu dargohda tug‘iladi va voyaga yetadi. Oilani jamiyatning kichik bir bo‘g‘iniga qiyoslash mumkin. Lekin shu jamiyatda kichik muammolar bo'lsa, unda ozgina halovat yo'qoladi.
Bugun Jovliyevlar oilasining ana shu kichik muammosi ijobiy yechim topdi.
Oila – muqaddas va qutlug‘ dargoh. Inson shu dargohda tug‘iladi va voyaga yetadi. Oilani jamiyatning kichik bir bo‘g‘iniga qiyoslash mumkin. Lekin shu jamiyatda kichik muammolar bo'lsa, unda ozgina halovat yo'qoladi.
Bugun Jovliyevlar oilasining ana shu kichik muammosi ijobiy yechim topdi.
Shahrisabz shahar "Sinabogʻ" mahallasida yashovchi Z.Jovliyev va G.Raximovalar bir necha yildan buyon shariy nikohda bo'lib, shu kunga qadar nikoh haqida guvohnoma qayd etilmagani aniqlandi.
"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida fuqarolarga amaliy yordam bergan holda, nikoh haqida guvohnoma Shahrisabz shahar FHDY bo'limi xodimlari tomonidan rasmiylashtirildi va fuqarolarning yashash manziliga sayyor tarzda etkazib berildi.
“Yuridik yordam axborot” tizimi yuzasidan seminar o'tkazildi.
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish va amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan seminar o‘tkazildi.
QASHQADARYODA 528 793 TA DAVLAT XIZMATLARI KO'RSATILDI
Tuman (shahar) adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazlari orqali 2025-yil
1-choragida jami 528 793 ta xizmatlar ko‘rsatildi.
Muborak tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi Ko'hnashahar MFYda yashovchi fuqarolarga "Huquqiy targ'ibot kuni", "Xotin qizlarga ko‘mak aksiya" doirasida mahalla fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Qarshi shahrida joylashgan 3-sonli jazoni ijro etish muassasasida soha xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
#adliya_xabari
“Yuridik yordam axborot” tizimi yuzasidan seminar o'tkazildi
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish va amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Kasbi tuman "Nazartepa" qishlog'ida yashovchi 1994 yilda tug'ilgan fuqaro S.Safarovaning shu kunga qadar tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi mavjud emas edi. Ayrim sabablarga ko'ra vaqtida olinmagan hujjat, Kasbi tuman FHDY bo'limi tomonidan qayd etildi hamda fuqaroga tantanali ravishda topshirildi.
“ADLIYA KUBOGI – 2025 musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida ishlovchi xodimlar o’rtasida sportning voleybol turi bo’yicha “Adliya kubogi – 2025 musobaqasi bo'lib o'tmoqda.