Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

24
KONSITUTSIYA – HUQUQ VA ERKINIKLARNING KAFOLATIDIR

Ayrim davlatlar hatto o‘z Asosiy qonunlarining referendumda, xalq ishtirokida qabul qilingani bilan faxrlanishadi. Albatta, bu eng oliy darajadagi qaror. Biroq bu jarayonda xalq oldida faqat ikki savoldan biriga javob berish imkonigina bo‘ladi: Konstitutsiya matnini tasdiqlash yoki rad etish.

24
BEPUL HAMDA MAJBURIY HUQUQ KAFOLATI

         Har qanday mustaqil davlatning asosiy qonuni uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Tabiiyki, Konstitutsiyaning mamlakat fuqarolari hayotidagi o`rni beqiyos. Mustaqil davlatimizning Bosh Qomusida ta`limga ham alohida e`tibor qaratilgan bo`lib, uning 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir” deb ko‘rsatilgan.

24
XALQ TAFAKKURI MAHSULI

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning xalq og’zaki ijodining yoshlar tarbiyasidagi beqiyos roliga to’xtalib, “Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni bahramand etsak, ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatda qudratli ma’rifiy qurolga ega bo’lamiz” , degan so’zlari bugungi kunda ma’naviy tarbiyaning dolzarb ahamiyatini ko’rsatib beradi.

24
KORRUPSIYA– YOXUD PULNING QUDRATI

Korrupsiya – maʼnaviyatni yemiradigan ildiz demakdir. Bu ildizni yoʻqotish bizning Oʻzbekistondagi eng katta dolzarb muammodir. Eng avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashish qadim zamonlarda Mesopotamiyaning Lagash shahrida boshlangan.

24
Kitob tuman yuridik markaz xodimlari tomonidan yetim bolalar va ota-onasi qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi 5216-sonli qarori, “Yetim bolalar va ota- onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirib o'tildi.

24
Sayyor qabul davom etmoqda

Jamiyatda inson manfaatlarini ta’minlash uchun avvalo, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerakligiga alohida urg‘u berilmoqda. Yurtimizda halq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini ta’minlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iborat.

24
Oʻquv-seminarlari yuqori saviyada tashkil qilinmoqda.

Tasdiqlangan reja-grafikka asosan joriy yilning 20-dekabr kunidan viloyatning barcha tuman (shahar)larida mahalla fuqarolar yigʻinlarida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari va Mahallabay ishlash markazlarining faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻquv-seminar boʻlib oʻtmoqda.

23
Gazeta orqali chiqishlar

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi V.Boboyevaning “Ishdan bo‘shagan xodimlarning talabi qondirildi” nomli hamda Koson tuman adliya bo‘limi boshlig‘i J.Muminovning “Noreal qarzdorliklar bartaraf etildi” nomli maqolalari “Inson va qonun” gazetasining 2021-yil 21-dekabr 51-sonida chop etildi.

23
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro markaz tashkil etildi

“Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlarni tadqiq qilish, strategik rejalashtirish hamda boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–58-son, 22.12.2021 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tashkil etildi.