Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

01
17 YILLIK ORZULAR USHALDI

Oila but  bo'lishida  bittagina hujjat ham katta ahamiyat kasb etarkan.Chiroqchi tumanidagi "Xo'jaabdijabbor" qishlog'ida istiqomat qiluvchi Hamdam Norqulov hamda Maqsuda Xolbozorovalar turmush qurganlariga 17 yil bo'ldiki nikoh tuzilganligi to'g'risida guvohnomalari yo'q.. Vaqtida olinmagan nikoh guvonomasi sabab bu oila ham bir qancha quyinchiliklarga duch keldi. "Birinchi turmushimdan ajralganligim sababli,ikkinchi marta nikoh guvohnomasini olish ancha murakkab bo'ldi.Nikoh guvohnomasiga ancha sarson bo'laman deb o'ylagandim,baraka topishsin, sarson bo'lmadim.Idorama-idora yurishdan qo'rqib kelgandim.Mendan ham ayolimning ko'zidagi quvonchni ko'ring" deydi: fuqaro Hamdam Norqulov.

01
Adliya hudud

Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Xalq ta’limi va Ichki ishlar bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yildagi 87-son Farmoni 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “2022 — 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni 2022-2023 yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi  ijrosi yuzasidan huquqiy madaniyatni yoshlikdan shakllantirish maqsadida tumandagi 4-umumta’lim maktabi o‘quvchi va o‘qituvchilari orasida huquqiy savodxonlik bo‘yicha interfaol usullardan foydalangan holda mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

01
38 YOSHLI FUQARO BIRINCHI MARTA GUVOHNOMA OLDI

Ba'zi hollarda, moliyaviy qiyinchilik, e'tiborsizlik, ota-onaning hujjatlari (pasport, nikoh guvohnomasi)ning mavjud emasligi va x.k sabablar tufayli tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma vaqtida olinmaydi. Bu holat kelgusida bola uchun nafaqa olishda, fuqarolikni belgilashda, uni bog‘chaga, maktabga berishda muammolar, ovoragarchiliklarga sabab bo‘ladi.

31
Davlat fuqarolik xizmatchilari o'rtasida odob-axloq qoidalariga rioya etilishiga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi

Bugun, G'uzor tumani hokimligi faollar zalida tuman hokimi Bekzod Suyunov boshchiligida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorining mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan o'quv-seminari bo'lib o'tdi.

31
Oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi

Muborak tumani hokimligida “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yilning 14-oktabr kuni qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 595-sonli qarori ijrolari yuzasidan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.

31
Adliya hudud

Qarshi tuman adliya bo’limi tomonidan joriy yilning 31-oktyabr kuni tumandagi 10-maktabda “Voyaga yetmagan bolalarning O’zbekistondan tashqariga  chiqish huquqi qanday ta’minlanadi”  mavzusdagi targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

28
Adliya aralashuvi bilan 1 036 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan bolalar parvarishi bilan band bo‘lganlarga parvarishlash nafaqalari tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga tibbiyot birlashmalari, Tibbiy ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari, MFY va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda hududlarga chiqib, sayyor tarzda, uyma-uy yurgan holda Farmonda nazarda tutilgan shaxslarni qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashda amaliy yordam berish topshirig‘i berilgan.

28
Adliya xabari

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmsida O'zbekiston Respublikasi Notarial palatasi va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi o'rtasida joriy yilning 24-oktabr kuni hamkorlik to'g'risidagi imzolangan Memorandum va u bilan bog'liq qonun hujjatlarni ijrosi bo'yicha tadbir tashkil etildi.

28
“Street law” loyihasi doirasida tadbir

Bugun boshqarmaning Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi ma’sul xodimlari va valontyorlar guruxi tomonidan Yuridik texnikumi o‘quvchilari o‘rtasida “Street law” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.