Yangiliklar
Shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi foydalanuvchilarga davlat xizmatlaridan foydalanish qulay imkonini beradi.
Joriy yilning 25-iyulidan 15- avgustiga qadar Yoshlar daftarida turgan yoshlarni yanada qo'llab - quvvatlash maqsadida Qashqadaryo voloyat adliya boshqarmasi aksiya e'lon qiladi.
Unda Yoshlar daftarida turgan yoshlar o'zlari yashab turgan hududdagi davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda yoki sayyor davlat xizmatlari orqali Mobil-ID dan ro'yxatdan , chegirma asosida elektron raqamli imzo ham olishlari mumkin!
Mobil-ID tizimi aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi va aholiga qulayliklar yaratadi.
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investisiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasiyalari qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Isoqovning axboroti va viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i R.G‘ofurovning hisobotlari tinglandi.
Jurnalist sifatida har safar OAV masʼuliyatiga oid eslatmalarni berish men uchun ogʻriqli. Lekin baʼzan majbur boʻlaman.
Boisi ayrim hamkasblarimiz boshqa sohalar kabi OAV faoliyati ham qonunchilikka asoslanganini unutib qoʻyishmoqda yoki bu borada koʻnikmalari yetarli emas. Bizga hamma narsa mumkin deb oʻylashadi. Vaholanki har bir mavzuni olib chiqishning oʻz qonun-qoidasi va chegarasi bor. Ayniqsa bu chegara inson shaʼni va qadr-qimmati bilan bogʻliq boʻlsa, chiqarmoqchi boʻlgan materiali har qanday insonning shaxsiy hayotiga daxl qilinadigan boʻlsa, bunda yetti oʻlchab bir kesishi talab etiladi. Bu yerda shaxsiy manfaat, "xaypga oʻchlik", "prosmotrlar soni"ning oshishini oʻylab ish tutish oʻzini hurmat qiladigan jurnalistlar (inson)ga xos emas.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qashqadaryo viloyatiga bo'lgan xizmat safari davomida 2023-2024- yillar o'quv yiliga mo'ljallangan Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumini yangi binosini ko'zdan kechirdilar. Xozirgi kunda ichki va tashqi fasadlari tamirlanayotgan texnikum binosi 750 o'ringa mo'ljallangan bo'lib asosiy bino va 2 ta o'quv binosidan iborat. Shuningdek vazir texnikum binosining zamonaviy va sifatli bo'lishi yuzasidan tafsiyalar berdi.
Joriy yilning 20-21-iyul kunlari viloyatimizdagi barcha Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inida davra suhbatlari o‘tkazilib, fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Shuningdek, mahallalarda yashovchi 100 nafardan ortiq aholi ishtirok etgan tadbirlarda mutaxassislar tomonidan aholining murojaatlari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.
id.gov.uz va my.gov.uz portallari va Mobile-ID tizimidan foydalanish, davlat xizmatlaridan uyidan chiqmagan holda olish mumkinligi aytib o‘tildi.
Tadbirlar davomida pensiya xaqida, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha, uy-joyni kadastrdan o‘tkazish, arxiv maʼlumotnomasini olish va oqava suvi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha 50 ga yaqin sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Konstitutsiyamizning 43-moddasida (https://lex.uz/docs/6445145#6445583) “Davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻradi. Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda ragʻbatlantiradi”, deb belgilangan.
Fuqarolarni ishsizlikdan himoyalash, yangi ish oʻrinlarini yaratish, kambagʻallikni qisqartirish har qanday davlatning asosiy vazifalaridan biridir.
Aholi bandligini taʼminlash maqsadida davlat tomonidan ish beruvchilarga subsidiyalar, grantlar, kreditlar ajratiladi.
Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatni amalga oshirish uchun mustaqil yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi sifatida kasbga oʻqitish markazlari tashkil qilinadi.
Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo'lganda quyidagilarga afzallik beriladi: (https://lex.uz/docs/6257288#6261652)
qaramog'ida 2 yoki undan ko'p kishi bo'lgan xodimlarga;
oilasida mustaqil ish haqi oluvchi boshqa xodim mavjud bo'lmaganlarga;
shu ish beruvchida uzoq muddat ish stajiga ega bo'lganlarga;
malakasini oshirayotgan xodimlarga hamda o'qishni tamomlagan shaxslarga;
ushbu tashkilotda mehnatda mayib bo'lgan yoki kasb kasalligiga uchragan shaxslarga;
nogironligi bo'lgan shaxslarga;
1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlar bo'yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
mehnatdagi yutuqlari uchun rag'batlantirishlarga ega va intizomiy jazolarga ega bo'lmagan xodimlarga;
atom obyektlaridagi avariyalar oqibatida zarar ko'rgan shaxslarga.
Qabulda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari Alisher Isoqov ham ishtirok etib, aholi murojaatlarini qabul qilmoqda.
Adliya vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning intellektual bilimi va salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish maqsadida, 17-18-iyul kunlari “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Xabaringiz bor viloyat adliya boshqarmasi tomonidan e'tiborga muhtoj yoshlar bilan individual va manzilli (uyma-uy) ishlash amaliyoti yo'lga qo'yilgan.
Shunga ko'ra, joriy yilning 17-iyul kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O'.Ostonov tomonidan Shahrisabz tumani "Mevazor" mahallasida yashovchi yoshlar bilan uyma-uy yurgan holda uchrashuvlar tashkil etildi.