Yangiliklar
Joriy yilning 23-iyun kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi va viloyat adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari ishtirokida “Mintaqaviy brendlarni rivojlantirish hamda yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish” mavzusida hamda “Ochiq eshiklar kuni” doirasida biznes vakillari, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi, Davlat xizmatlari markazlari va boshqa tegishli tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Asrlar davomida dunyo ayollariga o'rnak bo'lib kelgan Sharq ayollarining deyarli ko'pchiligi aynan ko'hna turon olamidan chiqishgan. Biz ushbu ayollar qatoriga Xadicha Sulaymonovani ham kiritishimiz mumkin.
Bugun Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi tashabbusi bilan "Akademik Xadicha Sulaymonova tavalludining 110 yilligi" munosabati bilan "Xadicha Sulaymonova kabi yurist bo'laman" va "Xadicha Sulaymonova kabi akademik bo'laman" mavzusi ostida uch avlod uchrashuvi tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuvda ko'p yillar davomida adliya tizimida faoliyat yuritib kelayotgan soha vakillari M.Kenjayeva, X.O'roqova, A.Kurtbitdinov hamda texnikum o'qituvchi va o'quvchilari ishtirok etishdi.
Viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish muassasasining to‘rtinchi mintaqaviy hudud 2-son jazoni ijro etish koloniyasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiya, saylov va mehnat qonunchiligi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qildi.
Ishtirokchilarga muassasada saylovda ishtirok etish tartiblari batafsil tushuntirilib savollariga javoblar berildi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi roli, o‘rni va nufuzini mustahkamlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularga keng sharoitlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Muborak tumani adliya hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limlari bilan hamkorlikda tuman hokimligida “Huquqiy bilimlar kuni” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Targ‘ibot tadbiri davomida xotin-qizlarga davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar hamda kundalik hayotlarida uchrayotgan muammolarning huquqiy yechimi bo‘yicha tushintirishlar berildi.
Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Ko‘kdala tuman sudi raisi va ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda "Oltin dala" MFY fuqarolari ishtirokida "Xalqaro giyohvandlik moddalarini suiiste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni" munosababti bilan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda giyohvandlik va psixotrop moddalarini sotishning hamda fribgarlik va boshqa jinoyatlarning huquqiy oqibatlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Qarshi tuman adliya bo‘limi, DXM, MFY raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda “Mirmiron” MFYda aholining turli muammolarini o‘rganish ularga bepul huquqiy maslahat va ko‘mak berish maqsadida “Bepul huquqiy maslahatlar bilan har bir uyga” shiori ostida sayyor qabul o‘tkazildi.
Aholiga yangi Konstitutsiya, Mehnat kodeksi mazmun-mohiyati, giyohvandlik vositalarining ist’emol qilishning salbiy okibatlari bo‘yicha tushutirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida mahallalarda sodir etilgan fribgarlik jinoyatlari bo‘yicha ma’lumotlar berilib bu kabi jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida aytib o‘tildi.
Xabaringiz bor Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan barcha tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan my.gov.uz xizmatini bepul o'qitish bo'yicha aksiya e'lon qilingan.
Aksiya davomida Shahrisabz shahar davlat xizmatlari markazi xodimlari tumandagi 1 - 4 - hamda 5- sonli maktabning bitiruvchi sinflari uchun my.gov.uz xizmatidan foydalanishni o'rgatildi.
Shuningdek, aksiya doirasida 200 nafar o'quvchilar ishtirok etishdi.200 nafar o'quvchilar Mobil ID dan o'tkazilgan bo'lsa, my.gov.uz orqali ERI kalitlarini olishdi.
13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi aʼzolaridan bir guruhi Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi ofitserlari va harbiy xizmatchilari bilan muloqot tashkil etishdi.
Videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan tadbirda mazkur komissiya raisining oʻrinbosari Alisher Isoqov, komissiya aʼzolari Botir Shukurov va Mohigul Nusurova ishtirokchilarga saylov qonunchiligi, yangilangan Konstitutsiyamizga kiritilgan saylov bilan bogʻliq oʻzgarishlar xususida maʼlumot berishdi. Saylovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Tadbirda harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, polkovnik Isroil Sobirov, okrug tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi katta ofitseri, podpolkovnik Bahodir Davronov harbiy qismlarda saylov jarayoniga tayyorgarlik xususida maʼlumot berishdi.
Bosh qomusimiz – xalqimiz irodasini o‘zida ifoda etib, mamlakatimiz mustaqilligi, huquq va erkinliklarimiz, burch va majburiyatlarimizning qonuniy asosi, mustahkam kafolatidir.
Adliya bo‘limlari tomonidan joylarda yangi Konstitutsiya, saylov, mehnat qonunchiligi hamda giyohvandlik moddalarini ist’emol qilishning salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar olib borilmoqda.
Navbatdari tadbirlar Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 15 va 20-o‘rta ta’lim maktablarida, Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan “Tallikuran” MFY fuqarolari va 1-son kasb-hunar maktabi o‘qituvchilari va aholi o‘rtasida o‘tkazildi.
Ayni kunlarda joylarda Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda saylov qonunchiligini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Adliya boshqarmasi tomonidan bu boradagi vazifalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini teran anglab yetishlari uchun turli yo‘nalishda va turli sohalar ishtirokida tadbirlar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi targ'ibot Qarshi shahrida joylashgan jazoni ijro etish muassasasida bo'lib o'tdi.