Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

20
JOYLARDA HUQUQIY YORDAM KO‘RSATILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni muvofiq adliya organlariga yuklatilgan qo‘shimcha vazifalar aholi bilan adliya organlarini yanada bir-biriga yaqinlashtirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Endilikda adliya idoralari fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etishda yangicha tizim asosida ishlamoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa, joylarda aholi ko‘tarayotgan dolzarb huquqiy muammolarni hal qilish, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish orqali ularning huquqiy muammolarining samarali yechimiga erishishdir.

16
Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot»” yilida amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun www.uzbekistan2030.uz (https://www.uzbekistan2030.uz/uzc/muhokama) va regulation.adliya.gov.uz (https://regulation.adliya.uz/project/4427/7289?contentLang=oz) veb-saytlariga joylashtirildi.

15
“DENOV” MFYDA SAYYOR QABUL

Kitob tuman adliya bo‘limi tomonidan reja asosida “Denov” MFYda sayyor qabul tashkil etildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli savollar va huquqiy muammolar ko‘tarilib, ularga qonuniy tavsiyalar berildi hamda ayrim masalalar joyida hal qilindi.

14
Adliya va hudud

  Joriy yilning 14-yanvar kuni Qarshi shahar adliya boʻlimi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan  "Roguzar" MFYda uyma - uy yurish, huquqiy targʻibot  tadbirlari tashkil etildi.

13
YАNGI YILDA YАNGI REJALAR

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari T.Imomberdiyev  tomonidan tuman (shahar) adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

13
YAXShIDAN BOG‘ QOLADI

Kasbi tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida markaz binosi atrofiga manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ushbu jarayonda markaz xodimlari uyushqoqlik bilan ishtirok etib, ekologik musaffolik hamda yashil tabiat rivojiga munosib hissa qo‘shdilar.

13
HUQUQIY MAHALLA

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Isoqov tomonidan tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat markazlari, notariuslar ishtirokida “Huquqiy mahalla” loyihasini amalga oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

10
HUQUQIY MAHALLA

   Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida mahallalarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda, uyma-uy yurgan holda fuqarolarning huquqiy mummolari aniqlanib, ularga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

10
Adliya va yoshlar

Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish bilan bir qatorda ular o‘rtasida sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishda ham adliya organlari munosib ishtirok etmoqda.

08
Sayyor qabul o‘tkazildi.

Nishon tumani adliya bo‘limi (adliya, YuXKM, DXM), Madad NNT, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nishon tumani Halq qabulxonasi rahbari hamkorligida “Paxtakor” MFYda yashovchi fuqarolar bilan “Adliya kuni” munosabati bilan sayyor qabul o‘tkazildi