Yangiliklar
Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Ko‘kdala tuman sudi raisi va ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda "Oltin dala" MFY fuqarolari ishtirokida "Xalqaro giyohvandlik moddalarini suiiste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni" munosababti bilan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda giyohvandlik va psixotrop moddalarini sotishning hamda fribgarlik va boshqa jinoyatlarning huquqiy oqibatlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Qarshi tuman adliya bo‘limi, DXM, MFY raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda “Mirmiron” MFYda aholining turli muammolarini o‘rganish ularga bepul huquqiy maslahat va ko‘mak berish maqsadida “Bepul huquqiy maslahatlar bilan har bir uyga” shiori ostida sayyor qabul o‘tkazildi.
Aholiga yangi Konstitutsiya, Mehnat kodeksi mazmun-mohiyati, giyohvandlik vositalarining ist’emol qilishning salbiy okibatlari bo‘yicha tushutirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida mahallalarda sodir etilgan fribgarlik jinoyatlari bo‘yicha ma’lumotlar berilib bu kabi jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida aytib o‘tildi.
Xabaringiz bor Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan barcha tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan my.gov.uz xizmatini bepul o'qitish bo'yicha aksiya e'lon qilingan.
Aksiya davomida Shahrisabz shahar davlat xizmatlari markazi xodimlari tumandagi 1 - 4 - hamda 5- sonli maktabning bitiruvchi sinflari uchun my.gov.uz xizmatidan foydalanishni o'rgatildi.
Shuningdek, aksiya doirasida 200 nafar o'quvchilar ishtirok etishdi.200 nafar o'quvchilar Mobil ID dan o'tkazilgan bo'lsa, my.gov.uz orqali ERI kalitlarini olishdi.
13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi aʼzolaridan bir guruhi Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi ofitserlari va harbiy xizmatchilari bilan muloqot tashkil etishdi.
Videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan tadbirda mazkur komissiya raisining oʻrinbosari Alisher Isoqov, komissiya aʼzolari Botir Shukurov va Mohigul Nusurova ishtirokchilarga saylov qonunchiligi, yangilangan Konstitutsiyamizga kiritilgan saylov bilan bogʻliq oʻzgarishlar xususida maʼlumot berishdi. Saylovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Tadbirda harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, polkovnik Isroil Sobirov, okrug tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi katta ofitseri, podpolkovnik Bahodir Davronov harbiy qismlarda saylov jarayoniga tayyorgarlik xususida maʼlumot berishdi.
Bosh qomusimiz – xalqimiz irodasini o‘zida ifoda etib, mamlakatimiz mustaqilligi, huquq va erkinliklarimiz, burch va majburiyatlarimizning qonuniy asosi, mustahkam kafolatidir.
Adliya bo‘limlari tomonidan joylarda yangi Konstitutsiya, saylov, mehnat qonunchiligi hamda giyohvandlik moddalarini ist’emol qilishning salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar olib borilmoqda.
Navbatdari tadbirlar Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 15 va 20-o‘rta ta’lim maktablarida, Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan “Tallikuran” MFY fuqarolari va 1-son kasb-hunar maktabi o‘qituvchilari va aholi o‘rtasida o‘tkazildi.
Ayni kunlarda joylarda Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda saylov qonunchiligini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Adliya boshqarmasi tomonidan bu boradagi vazifalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini teran anglab yetishlari uchun turli yo‘nalishda va turli sohalar ishtirokida tadbirlar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi targ'ibot Qarshi shahrida joylashgan jazoni ijro etish muassasasida bo'lib o'tdi.
Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati viloyat boʻlimi raisi Baxtiyor Botirov, jamiyatning Qarshi shahar boʻlimi raisi Nigmat Aliqulov va Oʻzbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi viloyat boʻlimi raisi Nilufar Bozorova 13-Qashqadaryo saylov okrugida boʻlishib, saylovga tayyorgarlik jarayonida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar holatini oʻrganishdi.
Mirishkor tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Mehnat huquqlarimizni o‘rganimiz” shiori ostidagi huquqiy aksiyasi doirasida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda ishtirokchilarga Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi, yangilangan Konstitutsiya, saylov mazmun-mohiyati hamda giyohvandlik moddalaring salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilar mehnat ta’tillari, ish haqlarini to‘lash tartiblari va boshqalar haqida berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Qonunchilikka ko'ra, g'ayriqonuniy harakatlar natijasida jabrlangan bolalar to'g'risidagi, shu jumladan bunday bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining foto- va videotasvirlari, bunday bolaning tug'ilgan sanasi, uning ovozi yozilgan audiotasma, yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi, o'qish yoki ish joyi to'g'risidagi, bunday bolaning shaxsini bevosita yoxud bilvosita aniqlashga imkon beradigan boshqa axborotni o'z ichiga olgan axborot bolalar o'rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborot jumlasiga kiradi.
Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda VMning 2022 yil 14 oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari” to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash borasida yig'ilish o'tkazildi.