Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida Qarshi shahrining Teatr maydoni oldida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.
Har yili Konstitusiyamiz qabul qilingan kunni yuqori kayfiyat bilan kutib olamiz, o‘zgacha shukuhda bayram qilamiz. Bu bejiz emas. Uning qadr-qimmati, ahamiyatini har birimiz dil-dildan his etamiz.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy axborot boʻyicha bosh maslahatchisi Sattarova Nilufar Alimovna Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli yetkazishdagi xizmatlari uchun“Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
8 dekabr – Konstitusiya kuni” bayrami munosabati bilan adliya boshqarmasi va uning tizimida ishlovchi xodimlar o’rtasida sportning mini futbol turi bo’yicha “Adliya kubogi – 2023 musobaqasi bo'lib o'tdi.
Qarshi, Kasbi tumanlari hamda Qarshi shahar adliya bo‘limlari tomonidan joriy yilning 1- 2- dekabr kunlari tumandagi qizil hudud toifasiga kirtilgan MFY larda ”Mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” ijrosi yuzasidan aholi xonadonlariga tashrif buyurib, davra suhbatlari o‘tkazildi.
Konstitutsiyamiz bosh qomus sifatida biz kunora duch keladigan huquqiy munosabatlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlovchi normalari bilan huquq va erkinliklarimizni talab qilish, majburiyatlarimizni vijdonan va vatanparvarlik ruhini xis qilgan holda bajarishimizda alohida o‘rin tutadi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 1-dekabr kuni viloyat hamda tuman (shahar) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yuridik xizmatlari xodimlari ishtirokida yer munosabatlari sohasidagi qonunchilik hujjatlarini huquqiy ekspertiza qilish bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv-seminari tashkil etildi.
Tadbirlarning navbatdagisi Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot va qurilish institutida tashkil etildi.
Aholining, ayniqsa yoshlarning konstitutsiyaga oid bilimlarini rivojlantirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli demokratik, ijtimoiy va siyosiy islohotlarga faol jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan hududlarda “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi o‘tkazilmoqda.
Muborak tumani adliya boʻlimi hamda YXKM xodimlari tomonidan qizil hududga kiritilgan "Bobur" MFY da jinoyatchilikni oldini-olish va uning huquqiy oqibatlari mavzusida huquqiy targʻibot tadbiri tashkil qilindi.