Yangiliklar
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O'.Ostanov tomonidan Kitob tuman adliya boʻlimi bilan hamkorlikda tumanning "Ulug'bek" mahalla fuqarolar yig'inida yoshlar bilan ushrashuv oʻtkazdi. Bu jarayonlarda yoshlarning muammolari hamda takliflari oʻrganildi.
#adliya_hudud
Joriy yilning 15 fevral kuni G'uzor,Muborak va Dehqonobod tuman adliya bo'limi, YXKM, DXM, FHDY, "MADAD" NTT hamda Qurolli Kuchlar xodimlari bilan hamkorlikda tuman 4-sektor hududidagi "Chugirtma","Aeradrom" mahallalarida mahalla yettiligi ishtirokida “qizil” toifaga kiruvchi mahalla yoshlari va fuqarolariga huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi.
14-fevral kuni Xalqaro kitob hadya qilish kuni munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan #Ziyo_ulash aksiyasi doirasida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Kasbi, Ko'kdala, Muborak hamda Qarshi tumanlarining chekka mahallalarida yoshlar uchun kutubxonalar ochildi.
Tuman (shahar) adliya, FHDY, Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari hamda davlat xizmatlari markazi jamoasi nomidan #Ziyo_ulash chellenji doirasida mahallalarga 1 500 dan ortiq kitoblar sovgʻa qilindi.
Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Siz ham mahallangizga ziyo ulashib, kutubxonalar tashkil qilishda oʻz hissangizni qoʻshishingiz mumkin.
Adliya organlari va muassasalari tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini tashkil qilish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 10 - fevral kuni Qarshi tumanidagi 67-umumta'lim maktabida viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari J.Zohidov yoshlar bilan uchrashdi.
Bugun, 14-fevral kuni Xalqaro kitob hadya qilish kuni munosabati bilan Adliya vazirligi yana bir maʼrifiy tashabbusni boshlab berdi.
Dehqonobod tuman FHDY bo'limi xodimlari tomonidan "Dehqonobod" MFY da xatlov olib borilganda, 1935-yilda tug'ilgan fuqaro U.Qurbonsayitova momo 3-oydan buyon nafaqa olmayotganligi haqida murojaat qildi.
Tuman hokimligi va tuman adliya bo‘limi hamkorligida mahallalar yettiligi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Kitob tuman adliya,FHDY,DXM bo‘limlari xodimlari tomonidan aksiya doirasida aholining muammolarini o‘rganishga qaratilgan xatlov va ijtimoiy loyihalar olib borilmoqda. Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan "Hech bir shaxs xujjatsiz qolmaydi"aksiya doirasida Kitob tumani FHDY bo'limi "Bog'bon" MFY, Yangi qishlog'ida yashovchi fuqarolar Xayrullayev Alijon va Munavvar Shukurovalarning 23 yildan buyon birga yashab, 6 nafar farzandlari borligi, lekin ayrim sabablarga ko'ra vaqtida nikohlari qonuniy rasmiylashtirilmaganligi aniqlandi. FHDY bo'limi xodimlari tomonidan fuqarolarning nikohlari qonuniy ravishda rasmiylashtirilib, nikoh guvohnomalari yashash manzillariga yetkazib berildi. AKSIYA DAVOM ETADI!