Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

06
#tabrik ⭐️OYNING ENG YAXSHI TEXNIK XODIMI ANIQLANDI

#tabrik

⭐️OYNING ENG YAXSHI TEXNIK XODIMI ANIQLANDI

????“Oyning eng yaxshi texnik xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra, 2026-yil mart oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi:

????Axmedova Dilnoza Xusniddinovna -  Boshqarma huzuridagi idoraviy notarial arxiv arxivariusi.

????Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.

⚡️Qashqadaryo viloyat adliya  boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafar tilaydi.

⭐️Kanalga ulanish????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

06
#tabrik ⭐️OYNING ENG YAXSHI BOSHQARUV XODIMI ANIQLANDI

#tabrik

⭐️OYNING ENG YAXSHI BOSHQARUV XODIMI ANIQLANDI

????“Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra, 2026-yil mart oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi:

????Djabbarova Saodat Xamidovna  - Shahrisabz shahar FHDY bo‘limi mudirasi.

????Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.

⚡️Qashqadaryo viloyat adliya  boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafar tilaydi.

⭐️Kanalga ulanish????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

03
Sayyor qabul – aholi bilan muloqotning samarali usuli

#Sayyor_qabul

Sayyor qabul – aholi bilan muloqotning samarali usuli

✅Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Kitob tumanidagi “Mustaqillik” MFYda jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

????Sayyor qabulda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev, Kitob tumani hokimi R.Gafurov, shuningdek, soha mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

????Sayyor qabulda jami 80 dan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Qabul davomida 21 ta sayyor davlat xizmati ko‘rsatilib, fuqarolardan kadastr hujjatlarini shakllantirish yuzasidan arizalar qabul qilindi.

Shuningdek:
• 5 nafar fuqaroga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda meros huquqi masalalari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi;
• 10 nafar fuqaroning murojaati ish yurituviga olindi;
• 8 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi;
• 20 nafar fuqaroga turli masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulanish????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

27
Гиёҳвандлик — жамиятнинг жиддий муаммоси

Гиёҳвандлик — жамиятнинг жиддий муаммоси

Гиёҳвандлик — бу инсон саломатлиги ва жамият тараққиётига жиддий зарар етказувчи иллатлардан биридир. У нафақат алоҳида шахс ҳаётини издан чиқаради, балки оила ва жамиятга ҳам салбий таъсир кўрсатади.
Кейинги асрларда бутун курраи заминга кенг тарқалган бир иллат бугунги кунда ҳаммамизга ташвиш бўлмоқда. Бу иллат – гиёҳвандлик.
Гиёҳвандлик нафақат бу иллат билан шуғулланувчиларга, балки бутун жамиятга таҳдид солади. Шунинг учун ҳам ҳар йили 26 июн Халқаро гиёҳвандликка қарши кураш куни деб эълон қилинган.
Инсон учун энг бебаҳо бойлик – бу соғлик-саломатликдир. Уни асраш эса ҳар биримизга омонат қилиб берилган. Ислом динида ҳам инсон жони, ақли ва сиҳат-саломатлигини сақлаш, муҳофаза этиш энг муҳим мақсадлардан бўлиб ҳисобланади.
Гиёҳванд моддаларни истеъмол қилиш инсон камолотига, имон-эътиқодига хавф хатар солиш билан бир қаторда мустақил мамлакатимиз ривожланиши ва тараққиётига ҳам ўта салбий таъсир кўрсатади.
Гиёҳвандлик нима?
Гиёҳвандлик — турли гиёҳванд моддаларни мунтазам истеъмол қилиш натижасида пайдо бўладиган руҳий ва жисмоний қарамлик ҳолатидир. Бундай моддалар инсоннинг асаб тизимига таъсир қилиб, кайфиятни ўзгартиради, вақтинча лаззат ҳиссини беради, аммо кейинчалик оғир оқибатларга олиб келади.
Гиёҳвандликнинг сабаблари
Гиёҳвандликка олиб келувчи асосий омиллар қуйидагилардан иборат:
• Қизиқиш ва синов тариқасида бошлаш
• Нотўғри муҳит ва ёмон дўстлар таъсири
• Оилавий муаммолар ва руҳий босим
• Бўш вақтни мазмунли ўтказмаслик
• Ахборот ва тарбиянинг етарли эмаслиги
Гиёҳвандликнинг зарарлари
Гиёҳвандлик инсон организмига катта зарар етказади:
• Асаб тизими бузилади
• Юрак ва ички аъзоларга салбий таъсир қилади
• Иммунитет пасаяди
• Руҳий касалликлар келиб чиқади
• Ижтимоий муносабатлар бузилади

Шунингдек, гиёҳвандлик жиноятчиликнинг ошишига, ишсизликка ва жамиятда беқарорликка сабаб бўлиши мумкин.
Олдини олиш чоралари
Гиёҳвандликнинг олдини олиш учун қуйидаги чоралар муҳим аҳамиятга эга:
• Ёшлар ўртасида тарғибот ишларини кучайтириш
• Соғлом турмуш тарзини оммалаштириш
• Спорт ва маданий тадбирларга жалб қилиш
• Оилада эътибор ва назоратни кучайтириш
• Таълим муассасаларида тушунтириш ишларини олиб бориш
Хулоса қилиб айтганда гиёҳвандлик — бу фақат бир инсоннинг эмас, балки бутун жамиятнинг муаммосидир. Уни бартараф этиш учун барча биргаликда ҳаракат қилиши лозим. Соғлом авлодни тарбиялаш ва келажакни асраш ҳар биримизнинг бурчимиздир.

Сурхандарё вилоят судининг судьяси             И.Абраев

17
#TAYINLOV Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

#TAYINLOV

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

Saidov Qodirjon Abdi o‘g‘li  – Koson tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Saidov Qodirjon Abdi o‘g‘li -   tayinlovga qadar   boshqarmaning Rejalashtirish va nazorat tahlil sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Saidov Qodirjon Abdi o‘g‘lini - tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

13
MUBORAKDA AHOLI MUROJAATLARI SAYYOR TARTIBDA O'RGANILDI

MUBORAKDA AHOLI MUROJAATLARI SAYYOR TARTIBDA O'RGANILDI

???? Bugun viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev tomonidan Muborak tumanining "Qoraqum" mahallasida aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor  qabulda 60 nafarga yaqin fuqarolar o'z masalalariga echim topish umidida tashrif buyurdi.

????Muloqot davomida fuqarolarning mehnat munosabatlari, bandlik, fuqarolardan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga  oid bir qator masalalari

05
TAYINLOV

#TAYINLOV

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

- Ne’matova Muxlisa Komil qizi – Nishon tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori lavozimiga tayinlandi.

M.Ne'matova  tayinlovga qadar Qamashi tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi "Qo'shkapa" filiali katta mutaxassisi  lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi M.Ne'matovani tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

05
Adliya xabari

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Kitob tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida fidokorona mehnat qilgan, hozirda Kitob tumani Beshariq MFY, Nug‘ayli qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 1927-yilda tug‘ilgan faxriy onaxon Gadoyeva Sharofat momo holidan xabar olindi.

Tashrif davomida momoning uzoq yillik mehnat faoliyati, urush yillaridagi mashaqqatli hayoti va bugungi tinch-osuda kunlarga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Sharofat momoga samimiy tilaklar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mamlakatimiz tinchligi va bugungi farovon hayot yo‘lida xizmat qilgan faxriy avlod vakillariga doimo hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning muqaddas burchimiz ekani ta’kidlandi.

Kitob tuman Adliya bo’limi
https://t.me/kitobadliya

05
Adliya xabari

#TAYINLOV

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

- Turapov Suxrob Sattar o‘g‘li – boshqarmaning  Rejalashtirish va nazorat tahlil sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S.Turapov  tayinlovga qadar  boshqarmaning  Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi S.Turapovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

05
Sayyor qabul

#Sayyor qabul – adliya xalq dardi bilan

Ko‘kdala tumani “Ko‘kdala” mahallasida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabul chin ma’noda xalq dardini tinglash, ularning muammolariga yechim topish maydoniga aylandi. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarini qiynab kelayotgan masalalar birma-bir eshitilib, murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi hamda har biriga aniq va asosli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Jarayonda tuman hokimi Xurram Jurayev ham faol ishtirok etib, hududdagi dolzarb muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rilishini ta’minladi.

E’tiborlisi, qabul davomida 70 dan ortiq fuqaro ishtirok etib, ularning 10 ta murojaati ish yurituviga olindi. 12 ta masala shu joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 18 ta murojaat bo‘yicha batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya/36819