Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

21
Adliya yoshlar

#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan Dehqonobod tumanidagi 70-sonli umumta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligiga yetkazadigan jiddiy zararli ta’siri, uning og‘ir ijtimoiy oqibatlari hamda kelajak avlod taqdiriga salbiy ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yoshlarni bunday illatlardan yiroq bo‘lishga, sog‘lom turmush tarzini tanlashga chorlovchi muhim tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga mavzuga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi.

20
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi asosida Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni taʼminlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish

“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi asosida Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni taʼminlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish

Sud hokimiyatining mustaqilligi har qanday demokratik jamiyatning asosiy ustunlaridan biri hisoblanadi. Chunki aynan mustaqil va xolis sud tizimi fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda adolatli jamiyatni barpo etishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta’minlash bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.
Avvalo, sud hokimiyatining mustaqilligi deganda sudlarning boshqa hokimiyat tarmoqlaridan – ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi organlardan mustaqil faoliyat yuritishi tushuniladi. Bu mustaqillik sudyalar qaror qabul qilish jarayonida hech qanday bosim, ta’sir yoki aralashuvsiz faqat qonun va vijdoniga tayanishini anglatadi. Agar sud tizimi mustaqil bo‘lmasa, unda chiqarilayotgan qarorlar adolat mezonlariga mos kelmasligi, fuqarolarning sudga bo‘lgan ishonchi pasayishi mumkin.
Sud mustaqilligini kuchaytirish uchun bir qator muhim choralarni amalga oshirish zarur. Jumladan, sudyalarni tayinlash va lavozimidan ozod etish jarayonlarini shaffof va adolatli yo‘lga qo‘yish, ularning moddiy va ijtimoiy ta’minotini yaxshilash, kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, sudyalar malakasini oshirish, ularning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish ham mustaqil sud tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.
Sud faoliyatida ochiqlikni ta’minlash esa odil sudlovga erishishning yana bir muhim omilidir. Ochiqlik sud jarayonlarining shaffof o‘tishini, fuqarolar va ommaviy axborot vositalarining sud faoliyati haqida to‘liq va haqqoniy ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lishini anglatadi. Sud majlislarining ochiq o‘tkazilishi, sud qarorlarining e’lon qilinishi va internet orqali keng jamoatchilikka taqdim etilishi sud tizimiga bo‘lgan ishonchni oshiradi.
Bundan tashqari, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish sud tizimida ochiqlikni yanada kuchaytiradi. Masalan, sud jarayonlarini onlayn kuzatish imkoniyati, elektron sud tizimining joriy etilishi, ariza va shikoyatlarni elektron tarzda yuborish imkoniyatlari fuqarolar uchun katta qulaylik yaratadi va korrupsion holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash va uning faoliyatida ochiqlikni keng joriy etish orqali jamiyatda adolatli muhitni shakllantirish mumkin. Bu esa fuqarolarning davlatga, qonunlarga va sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Natijada esa haqiqiy odil sudlovga erishish darajasi oshadi va huquqiy davlat barpo etish yo‘lida muhim qadam qo‘yiladi.


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudi sudyasi B.Axmedov

18
adliya farxriylarni e'zozlaydi

Adliya faxriylari e’zozda

✅ Viloyat adliya boshqarmasi hamda Faxriylar kengashi tomonidan adliya faxriysi, ko‘p yillar davomida fidokorona mehnat qilib, G‘uzor tumanida notarius sifatida samarali faoliyat yuritgan Zulfiya opa Umirovaning tavallud ayyomi munosabati bilan yo‘qlanib, samimiy tabriklar yo‘llandi.

Ustozga chuqur hurmat bajo keltirilib, uning ko‘p yillik mehnati, boy tajribasi hamda shogirdlar tarbiyasidagi beqiyos o‘rni alohida e’tirof etildi.

17
Adliya yoshlar

Qarshi tumanida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi!

Qarshi tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3-martdagi PF-33-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Vazirlar Mahkamasi ishchi guruhi ishtirokida o‘tgan uchrashuvda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish hamda tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot davomida Farmon bilan belgilangan yangi tashkiliy-huquqiy choralar, tazyiqdan jabrlanganlarga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish va barcha soha vakillarining hamkorligini kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

16
TAYINLOV!


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

- Azimov O‘tkir Erkinovich –  boshqarmaning Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O'.Azimov tayinlovga qadar  boshqarmaning  Rejalashtirish va nazorat tahlil sho‘basi boshlig‘i  lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi O'.Azimovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

16
Adliya yoshlar

Jazoni ijro etish muassasasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Koson tumanida joylashgan jazoni ijro etish departamenti 4-mintaqaviy hududiga qarashli, Koson tumanida joylashgan 10-son jazoni ijro etish koloniyasida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S. Nuriev ishtirok etdi. Shuningdek, tadbir davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, mutaxassislar tomonidan ularga huquqiy va amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida kitobsevar yoshlar uchun boshqarma tomonidan badiiy adabiyotlar taqdim etildi. Shu kuni boshqarma boshligʻi S. Nuriev muassasada mahbuslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, taʼlim olish imkoniyatlari hamda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan atroflicha maʼlumot berdi.

15
TAYINLOV!

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

  Davronbek  Olmosov Yashin o‘g‘li  – Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Inson resurslari sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

D.Olmosov   – Shu kunga qadar Ko‘kdala tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i  lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi  Olmosov Davronbek Yashin o‘g‘lini - tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

15
korrupsiya taraqqiyot kushandasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o'rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Koson tuman  Davlat xizmatlari markaziga bordi

Bu yerda vakillar aholiga xizmat ko'rsatish sifati, korrupsion holatlarni oldini olish yuzasidan bajarilgan ishlar va belgilangan vazifalar yuzasidan mas'ullar bilan muloqot qilishdi.

Shu bilan birga markazga murojaat etib kelgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning fikri tinglandi. Ular uchun yaratilgan sharoitlar ko'zdan kechirildi.

12
TIMBILDING

Qashqadaryoda teambuilding doirasida bo'lib o'tgan "CHEF BATTLE 2026" tanlovida munosib ishtirok etgan jamoalar taqdirlandilar.

Tanlov natijalariga ko'ra, Kitob tumani va Shahrisabz shahar adliya bo'limlarining "Oqsaroy" jamoasi "CHEF BATTLE 2026" tanlovining g'olibi bo'ldi.
Shuningdek, Qarshi shahar va Qarshi tuman adliya bo'limlarining "Qarshi" jamoasi "Eng quvnoq", Koson va Muborak tuman adliya bo'limlarining "Shijoat" jamoasi "Eng tashabbuskor", Yakkabog' va Shahrisabz tuman adliya bo'limlarining "Sohibqiron" jamoasi “Bahor nafasi olib kelgan jamoa”, Dehqonobod va G'uzor tuman adliya bo'limlarining "Oshpazlar" jamoasi “Eng intizomli jamoa”, Mirishkor va Nishon tuman adliya bo'limlarining "Adolat" jamoasi "Eng faol jamoa", Qamashi va Kasbi tuman adliya bo'limlarining "Temuriylar" jamoasi “Eng kreativ jamoa” va Chiroqchi va Ko'kdala tuman adliya bo'limlarining "Yangi avlod jamoa"si “Eng namunali jamoa” nominatsiyalarini qo'lga kiritishdi.

11
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi faoliyatini kompleks tekshirish natijalari muhokama qilindi


Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi faoliyatini kompleks tekshirish natijalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan joriy yilning 23-fevral kunidan 6-mart kuniga qadar Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi faoliyati kompleks o'rganildi.

Bugun Adliya vazirining o'rinbosari M.Allakuliyev raisligida ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan yig‘ilishda boshqarma hamda uning tuzilmalari faoliyatini kompleks tekshirish natijalari muhokama qilindi.

Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda o‘rganish davomida aniqlangan qonunbuzilishlar hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar keskin tahlil qilinib, faoliyatda sustkashliklarga barham berish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.