Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

10
KO'P YILLIK ORZULAR RO'YOBI

  Kitob tuman adliya,FHDY,DXM bo‘limlari xodimlari tomonidan aksiya doirasida aholining muammolarini o‘rganishga qaratilgan xatlov  va  ijtimoiy  loyihalar olib borilmoqda. Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan "Hech bir shaxs xujjatsiz qolmaydi"aksiya doirasida Kitob tumani FHDY bo'limi  "Bog'bon" MFY, Yangi qishlog'ida yashovchi fuqarolar Xayrullayev Alijon va Munavvar Shukurovalarning 23 yildan buyon birga yashab, 6 nafar farzandlari borligi, lekin ayrim sabablarga ko'ra vaqtida nikohlari qonuniy rasmiylashtirilmaganligi aniqlandi. FHDY bo'limi xodimlari tomonidan fuqarolarning nikohlari qonuniy ravishda rasmiylashtirilib, nikoh guvohnomalari yashash manzillariga yetkazib berildi. AKSIYA DAVOM ETADI!

09
Adliya vazirligi tashabbusi bilan Qashqadaryodagi mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil qilindi.

Bugun, 9-fevral kuni Alisher Navoiyning 583-yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi yana bir maʼrifiy tashabbusni boshlab berdi.

Vazirlik tomonidan respublika boʻyicha tuman va shaharlardagi 4-sektorda joylashgan mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etish loyihasiga start berildi.

Loyihadan koʻzlangan maqsad mamlakatimizda yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, ularda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni orttirish va intellektual salohiyatini oshirishga boʻlgan intilishni
qoʻllab-quvvatlashdir.

Aksiya doirasida Prezident asarlari, oʻzbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 100 turdan ortiq kitob toʻplamlari mahallalarga yuborildi.

Xususan, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi ham Mirishkor tumani Pomuq shaharchasidagi “Yangiqishloq” mahallasida kutubxona ochilishi tadbirida ishtirok etishdi.

Boshqarma jamoasi nomidan “ziyo_ulash” chellenji doirasida mahallaga 400 dan ortiq kitoblar sovgʻa qilindi. Tadbirda taniqli xonandalar, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Adliya organlari va muassasalari xodimlari yangi anʼanani boshlab berdi, uni xohlagan kishi davom ettirishi mumkin. Siz ham mahallangizga ziyo ulashib, kutubxonalar tashkil qilishda oʻz hissangizni qoʻshishingiz mumkin.

Barcha yurtdoshlarimizni “ziyo_ulash” chellenjida ishtirok etishga taklif qilamiz!

08
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Deputatlar, mas’ul rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida viloyat kengashining navbatdagi 70-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

08
Kitob hadya et, ziyo ulash!

Adliya vazirligi tomonidan start berilgan "Kitob hadya et" aksiyasida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

Har bir xodim xayrli tashabbusni qo'lllab-quvvatlab o'zi o'qigan yoki o'zi sevgan badiiy adabiyotlarni boshqarmada tashkil etilgan shtabga birin-ketin kelib  topshirmoqda.

08
AKA UKALAR 13 YILDAN SO'NG HUJJATLI BO'LISHDI

Qarshi tuman FHDY bo'limi tomonidan aksiya doirasida manzilli targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda.

07
Olimpiada


????Bugun Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida bilimli va iqtidorli o'quvchi-yoshlarni aniqlash, ilm olishga intiluvchi yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ularga keng imkoniyatlarni yaratish maqsadida o'quvchlari o'rtasida "Huquqiy fanlar olimpiadasi"ning hududiy bosqichi o'tkazildi.

????Hududiy bosqich 2 bosqichda tashkil etib, 1-bosqichda o'quvchilar Konstitutsiyaviy huquq va Mehnat huquqi fanlaridan 25 tadan test savollarini ishlab, 2-bosqichda esa nazariy savollarga javob yozishdi.

????Olimpiada nizom talablariga muvofiq, ochiqlik, oshkoralik va shaffof tarzda tashkil etilib, hakamlar hay'ati tomonidan xolisona baholab borildi.

????Yakuniy natijalarga ko'ra:

????Konstitutsiyaviy huquq fanidan:
????????-o'rin: 102-23-guruh o'quvchisi Sayfullayeva Durdona Muzaffar qizi-70 ball;
????????-o'rin: 101-23-guruh o'quvchisi Narzullayev Javohir Tulqin o'g'li-59 ball;
????????-o'rin: 102-23-guruh o'quvchisi O'roqova Muxlisa Davlat qizi-56 ball.

????Mehnat huquqi fanidan:
????????-o'rin: 201-22-guruh o'quvchisi Jumayeva Marjona Raxmat qizi-78 ball;
????????-o'rin: 205-22-guruh o'quvchisi Tillayeva Nafisa Sirojiddinovna-75 ball;
????????-o'rin: 201-22-guruh o'quvchisi Salimjonova Sevinch Ravil qizi-73 ball.

07
AKSIYA DOIRASIDA 15 YILLIK MUAMMOGA YECHIM TOPILDI

Dehqonobod tumani "Paxtachi"MFY da yashovchi fuqaro R. Ibodov imkoniyati cheklanganligi sababli vaqtida FHDY bo'limiga borib nikoh guvohnomasini ololmadi.

06
OYNING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI

OYNING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI

“Oyning eng yaxshi xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra 2024-yil yanvar oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi:

05
AKSIYA DOIRASIDA 10 YILLIK NIKOH QAYD ETILDI

Dehqonobod tumani "Yashnaobod" mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi fuqora Sh.Mengliyev  hamda R.Alimova  10 yildan beri shar'iy nikoh asosida yashab kelayotgan edi.