Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

19
adliya xabari

NAVBATDAGI HUQUQIY EKSPERIMENT QARSHIDA!

Bugungi kunda kiberjinoyatlar ko‘paymoqda va achinarlisi, odamlar shoshib qolib, o‘z shaxsiy ma’lumotlari hamda plastik karta kodlarini o‘z qo‘llari bilan jinoyatchilarga topshirib qo‘yishmoqda.

Aynan mana shunday firgarlik qurboni bo'lishni oldini olish maqsadida adliya organlari tomonidan mutlaqo yangi "Huquqiy eksperiment" loyihasi hayotga joriy etilmoqda. 

Ushbu loyiha doirasida fuqarolar real hayotda jinoyatchilar ishlatadigan sun’iy vaziyatlarga tushirib ko‘riladi va shu orqali ularning xatolari o‘zlariga ko‘rsatilib, huquqiy bilimlari jonli tarzda oshiriladi.

Respublika bo'ylab tashkil etilayotgan mazkur eksperiment Qarshi shahar Davlat xizmatlari markazida o'tkazildi.

Unutmang, bank xodimlari hech qachon telefonda SMS-kod so‘ramaydi, shuning uchun har qanday shubhali havola va qo‘ng‘iroqlarga ishonmay, shaxsiy ma’lumotlaringizni hech kimga bermaslik orqali o‘zingizni kiberjinoyatchilardan himoya qiling.

18
adliya xabari



SHAHRISABZ TUMANIDA SAYYOR QABUL TASHKIL ETILDI

Viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Shahrisabz tumanining "Amir Temur" va "Miraki" MFYlarida aholi bilan ochiq muloqot va sayyor qabul o'tkazildi.

Tadbirda 40 nafardan ortiq jismoniy va yuridik shaxs vakillari ishtirok etib, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida uchrayotgan muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda tizimni takomillashtirishga oid takliflarini bildirdilar.

Sayyor qabul davomida 20 nafardan ortiq fuqaro bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaatlari tinglandi. Xususan, 10 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi, 5 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. O‘rganish va qo‘shimcha choralar ko‘rishni talab etuvchi 9 ta murojaat esa nazoratga olinib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.

17
adliya xabari

Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish — ustuvor vazifa

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–33-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 145-son qarori mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, xususan, ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli taʼminlash, ularni har qanday tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish hamda jamiyatda bunday holatlarga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish maqsadida navbatdagi targʻibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida tazyiq va zoʻravonlikdan jabr ko‘rgan ayollar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va muammolari tinglandi. Shuningdek, ularga amaldagi qonunchilikda belgilangan huquq va kafolatlar, himoya orderini olish tartibi, bepul huquqiy yordam hamda mavjud ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

@qashqadaryoviloyatadliya

16
adliya xabari

#adliya_aralashgach

Shifokor-xirurgga 30,9 mln so‘mdan ortiq ustama pullari undirib berildi

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga fuqaro R.R. ning  yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokor-xirurg lavozimi uchun belgilangan ustama to‘lovlari to‘lab berilmaganligi yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Murojaat o‘rganilib, aniqlangan qonunbuzilishi yuzasidan Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga taqdimnoma kiritildi.

Natijada, fuqaro R.R. ga 30 982 117 so‘m miqdoridagi ustama to‘lovlari to‘liq undirib berildi.

15
adliya xabari

#Adliya_xabari

???? QASHQADARYO VILOYATIDA NIKOH TUZISH KO‘RSATKICHLARI

✅2026-yilning 6 oyi davomida

???? Jami nikoh tuzilgan: 9 561 ta

????Eng ko‘p nikoh qayd etilgan hududlar:
✅ Qarshi shahri — 1 224 ta

✅ Koson tumani — 843 ta

✅Chiroqchi tumani — 763 ta

???? Manba: FHDYO organlari ma’lumotlari.


14
adliya xabari

#Adliya_xabari

Qashqadaryo viloyatida 2026-yilning 6 oyi davomida tug‘ilish ko‘rsatkichlari

Jami tug‘ilishlar soni: 42 395 ta

???? Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hududlar:

Qarshi shahri – 4 308 ta

Koson tumani – 3 852 ta

Qamashi tumani – 3 831 ta

Ushbu uch hudud viloyatda tug‘ilishlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.


11
adliya xabari

#Adliya_xabari

???? QASHQADARYO VILOYATIDA NIKOH TUZISH KO‘RSATKICHLARI

✅2026-yilning 6 oyi davomida

???? Jami nikoh tuzilgan: 9 561 ta

????Eng ko‘p nikoh qayd etilgan hududlar:
✅ Qarshi shahri — 1 224 ta

✅ Koson tumani — 843 ta

✅Chiroqchi tumani — 763 ta

???? Manba: FHDYO organlari ma’lumotlari.


11
adliya xabari

#Adliya_xabari

???? Qashqadaryo viloyatida 2026-yilning 6 oyi davomida tug‘ilish ko‘rsatkichlari

???? Jami tug‘ilishlar soni: 42 395 ta

???? Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hududlar:

✅Qarshi shahri – 4 308 ta

✅Koson tumani – 3 852 ta

✅Qamashi tumani – 3 831 ta

Ushbu uch hudud viloyatda tug‘ilishlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.


10
Qashqadaryo viloyatida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan fuqarolar rasman 13529 nafarga yetdi.

Qashqadaryo viloyatida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan fuqarolar rasman 13529 nafarga yetdi.

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada jami 1 780 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi.

07
Adliya xabari

#Adliya_xabari

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligidagi Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi tomonidan Qashqadaryo viloyatida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganildi.

O‘rganishlar davomida mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, aholi orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, profilaktika ishlarini manzilli va samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, oilaviy nizolarning barvaqt oldini olish, nizoli oilalarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish hamda muammolarni huquqiy yechimlar asosida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev tomonidan “Nizolioila.adliya.uz” platformasi taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotda platformaning imkoniyatlari, nizoli oilalar bilan ishlashdagi ahamiyati, muammolarni elektron tarzda monitoring qilish, tahlil etish va mas’ul tashkilotlar hamkorligida manzilli choralar ko‘rish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur platforma oilaviy nizolarni erta aniqlash, ularni bartaraf etish va jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram (http://t.me/adliyaimd) | Instagram | (https://www.instagram.com/adliyanews/) Facebook (https://www.facebook.com/share/18x5kjopib/?mibextid=wwXIfr) | YouTube (https://www.youtube.com/@Adliya) | Bot (https://t.me/Odil_chat_bot)