Yangiliklar
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Bekmamatov Azamat Rahmatullayevich Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
A.Bekmamatov tayinlovga qadar boshqarmaning Ijtimoiy - iqtisodiy sohada huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish bo'limi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.
#TAYINLOV
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:
Saidov Qodirjon Abdi o‘g‘li – Koson tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Saidov Qodirjon Abdi o‘g‘li - tayinlovga qadar boshqarmaning Rejalashtirish va nazorat tahlil sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Saidov Qodirjon Abdi o‘g‘lini - tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
MUBORAKDA AHOLI MUROJAATLARI SAYYOR TARTIBDA O'RGANILDI
???? Bugun viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev tomonidan Muborak tumanining "Qoraqum" mahallasida aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabulda 60 nafarga yaqin fuqarolar o'z masalalariga echim topish umidida tashrif buyurdi.
????Muloqot davomida fuqarolarning mehnat munosabatlari, bandlik, fuqarolardan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator masalalari
#TAYINLOV
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:
- Ne’matova Muxlisa Komil qizi – Nishon tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori lavozimiga tayinlandi.
M.Ne'matova tayinlovga qadar Qamashi tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi "Qo'shkapa" filiali katta mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi M.Ne'matovani tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Kitob tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida fidokorona mehnat qilgan, hozirda Kitob tumani Beshariq MFY, Nug‘ayli qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 1927-yilda tug‘ilgan faxriy onaxon Gadoyeva Sharofat momo holidan xabar olindi.
Tashrif davomida momoning uzoq yillik mehnat faoliyati, urush yillaridagi mashaqqatli hayoti va bugungi tinch-osuda kunlarga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Sharofat momoga samimiy tilaklar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mamlakatimiz tinchligi va bugungi farovon hayot yo‘lida xizmat qilgan faxriy avlod vakillariga doimo hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning muqaddas burchimiz ekani ta’kidlandi.
Kitob tuman Adliya bo’limi
➥https://t.me/kitobadliya
#TAYINLOV
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:
- Turapov Suxrob Sattar o‘g‘li – boshqarmaning Rejalashtirish va nazorat tahlil sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
S.Turapov tayinlovga qadar boshqarmaning Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi S.Turapovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
#Sayyor qabul – adliya xalq dardi bilan
Ko‘kdala tumani “Ko‘kdala” mahallasida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Mazkur sayyor qabul chin ma’noda xalq dardini tinglash, ularning muammolariga yechim topish maydoniga aylandi. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarini qiynab kelayotgan masalalar birma-bir eshitilib, murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi hamda har biriga aniq va asosli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Jarayonda tuman hokimi Xurram Jurayev ham faol ishtirok etib, hududdagi dolzarb muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rilishini ta’minladi.
E’tiborlisi, qabul davomida 70 dan ortiq fuqaro ishtirok etib, ularning 10 ta murojaati ish yurituviga olindi. 12 ta masala shu joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 18 ta murojaat bo‘yicha batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya/36819
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev hamda viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i J. Fyazullayev boshchiligida Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv Prezidentimiz tashabbusi bilan 24-fevraldan boshlab haftaning har payshanbasi “Yoshlar kuni” sifatida belgilash hamda rahbarlar va yoshlar o‘rtasida muntazam ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida o‘tkazildi.
Tadbir davomida texnikum o‘quvchi-yoshlari faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar, muammo va takliflarini bildirdi. Ularning murojaatlari mas’ullar tomonidan atroflicha tinglanib, tegishliligi bo’yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Tadbir yakunida ochiq muloqotda faol ishtirok etgan, dolzarb taklif va tashabbuslari bilan ajralib turgan o‘quvchi-yoshlarga viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning huquqiy ongi va faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat hayotidagi islohotlarga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish – jamiyat barqarorligining muhim omili!
2026 yil 3 mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi PF–33-son Farmon mamlakatimizda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilish, erta nikoh hamda turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, shuningdek, jamiyatda ushbu illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan muhim huquqiy hujjatdir.
Ayol — nafaqat mehribon ona va sadoqatli rafiqa, balki jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shayotgan, davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan ulug‘ siymodir.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida boshqarma boshlig’i S.Nuriyev so’zga chiqib, adliya tizimida faoliyat yuritayotgan dilbar xotin-qizlarni samimiy tabriklab, ularning jamiyatdagi o‘rni, mehnati va fidoyiligini alohida e’tirof etdi.
Shuningdek, mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida qonunchilik tizimi tobora mustahkamlanib borayotgani, turli imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari kengayib borayotganiga alohida urg‘u berildi.
Aziz va muhtarama ayollar! Bayramingiz muborak bo‘lsin!