Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

09
Uch avlod uchrashuvi

Bugungi kunda mamlakatimizda mustaqil, ochiq va shaffof sud tizimiga erishish borasida olib borayotgan islohotlar yanada takomillashtirilmoqda. Sudyalarning adolat va qonunning haqiqiy himoyachilari bo'lishiga erishish zarur va shartligi qonun doirasida mustahkamlanmoqda.

????O'quvchi-yoshlarning huquqiy savodxonligi, yuridik bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash maqsadida Qashqadaryo yuridik texnikumida Aksilkorrupsiya oyligi munosabati bilan viloyat sudi sudyalari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.

⚖️Muloqotda so'zga chiqqanlar qonunchiligimizda sud-huquq sohasiga oid so'nggi yangiliklar, shuningdek, sudlarda ko'riladigan ishlar toifasi, sud qarorlari ustidan shikoyat berishning yangi tartibi hamda "my.sud.uz" elektron platformasi orqali interaktiv xizmatlardan foydalanish tartib-taomillari yuzasidan ham keng tushuncha va ma'lumotlar berildi.


08
Adliya xabari

#Adliya_xabari
#Jaholatga qarshi ma'rifat bilan

????Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan S. Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida o'quvchi va talabalar ishtirokida "10-dekabr - O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

  ⚡️Adliya boshqarmasining mas'ul xodimi tomonidan tadbir ishtirokchilariga “O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida”gi Qonun (https://lex.uz/docs/-38608) mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish, sohaga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini ishtirokchilar e’tiboriga yetkazildi.
Shu bilan birga, bolalar va yoshlarga ularning huquqlari davlat himoyasida ekanligini tushuntirildi.

????Kanalga ulanish✔️
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

08
Adliya xabari

#adliya_xabari

“ADLIYA KUBOGI – 2025 musobaqasi g’oliblari taqdirlandi.

⚽️ Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida ishlovchi xodimlar o’rtasida sportning mini futbol turi bo’yicha “Adliya kubogi – 2025 musobaqasi bo'lib o'tdi.

????  1- o'rinni,  Boshqarma jamoasi ,

????  2 - o'rinni, Mirishkor tuman adliya bo‘limi jamoasi

???? 3-o‘rinni, Chiroqchi tuman adliya bo’limi jamoasi  egalladi.

Shuningdek, “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyasini Mirishkor tuman adliya bo‘limi jamoasi darvozaboni Chori Ismatullayev,

“Eng yaxshi to‘purar” nominatsiyasini Chiroqchi tuman adliya bo‘limi jamoasi o‘yinchisi ABDIMANNONOV XUDOYBERDI,

“Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyasini Boshqarma jamoasi o‘yinchisi Umid  Hayitmurodovlar qo‘lga kiritdi.


Kanalga ulaning????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

08
Adliya xabari

ADLIYADA BAYRAM SHUKUHI

“KONSTITUTSIYA — INSON QADRI, ERKINLIK, TENGLIK VA ADOLAT GAROVI"

✅8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida “KONSTITUTSIYA — INSON QADRI, ERKINLIK, TENGLIK VA ADOLAT GAROVI” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

✅Tadbir avvalida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev yig‘ilganlarni samimiy tabriklab, Konstitutsiyamizning jamiyat rivojidagi o‘rni, undagi tamoyillarni hayotga tatbiq etish yo‘lida adliya organlari zimmasiga yuklatilgan mas’uliyat haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

✅Bayram munosabati bilan Adliya organlari va muassasalarida fidokorona xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga:

“Adliya a’lochisi” ko‘krak nishoni,

Adliya vazirining faxriy yorliqlari,

tantanali ravishda topshirildi.

✅Shuningdek, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, aholiga sifatli huquqiy axborot yetkazish jarayonida adliya boshqarmasi bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotgan bir qator tashkilot xodimlari ham boshqarma boshlig‘ining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar.

✅Tadbir adliya tizimi xodimlarining bayramona kayfiyatda, yuksak ruh bilan o‘tgan yili erishgan natijalarini yodga olish va yangi marralar sari intilishlariga xizmat qildi.

✅Kanalga ulaning????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

08
Adliya xabari

#“Konstitutsiyada yoshlar huquqlari” shiori ostida
#mening_konstitutsiyam

✅Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga  tashrif buyurib, yuqori sinf o‘quvchilariga “Mening huquqlarim” mavzusida dars o‘tdi.

✅Uchrashuv davomida o‘quvchilarga Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi asosiy tamoyillar va ularning hayotimizdagi o‘rni batafsil tushuntirildi.

✅Shuningdek, yoshlarga Bosh Qomusimizda belgilangan asosiy huquq va kafolatlar, fuqarolarning qonunlarga rioya qilishi va ularni hurmat qilishning muhim jihatlari haqida ham atroflicha ma’lumot berildi.

✅Mazkur dars o‘quvchi yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda qonun ustuvorligi va mas’uliyat hissini shakllantirishga xizmat qildi.

✅Kanalga ulanish????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

07
Adliya xabari

ADLIYADA BAYRAM SHUKUHI

“KONSTITUTSIYA — INSON QADRI, ERKINLIK, TENGLIK VA ADOLAT GAROVI"

✅8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida “KONSTITUTSIYA — INSON QADRI, ERKINLIK, TENGLIK VA ADOLAT GAROVI” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

✅Tadbir avvalida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev yig‘ilganlarni samimiy tabriklab, Konstitutsiyamizning jamiyat rivojidagi o‘rni, undagi tamoyillarni hayotga tatbiq etish yo‘lida adliya organlari zimmasiga yuklatilgan mas’uliyat haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

✅Bayram munosabati bilan Adliya organlari va muassasalarida fidokorona xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga:

“Adliya a’lochisi” ko‘krak nishoni,

Adliya vazirining faxriy yorliqlari,

tantanali ravishda topshirildi.

✅Shuningdek, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, aholiga sifatli huquqiy axborot yetkazish jarayonida adliya boshqarmasi bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotgan bir qator tashkilot xodimlari ham boshqarma boshlig‘ining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar.

✅Tadbir adliya tizimi xodimlarining bayramona kayfiyatda, yuksak ruh bilan o‘tgan yili erishgan natijalarini yodga olish va yangi marralar sari intilishlariga xizmat qildi.

✅Kanalga ulaning????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

07
Adliya xabari

#tabrik

????OYNING ENG YAXSHI TEXNIK XODIMI ANIQLANDI

“Oyning eng yaxshi texnik xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra 2025-yil noyabr oyining eng yaxshi texnik xodimi aniqlandi:

Egamov Jasurbek Ne’mat o’g‘li - Moliya-iqtisod sho‘basi kichik mutaxassisi


⚡️Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.

????Qashqadaryo viloyat adliya  boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafar tilaydi.

Kanalga ulanish????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

06
Adliya xabari

#tabrik

#tabrik

OYNING ENG YAXSHI TEXNIK XODIMI ANIQLANDI

“Oyning eng yaxshi texnik xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra 2025-yil dekabr oyining eng yaxshi texnik xodimi aniqlandi:

Ismoilova Gulasal G‘ayrat qizi - Qarshi shahar FHDY bo‘limi ish yurituvchisi

Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.

Qashqadaryo viloyat adliya  boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafar tilaydi.

Kanalga ulanish????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

06
Adliya xabari

#tabrik

????OYNING ENG YAXSHI BOSHQARUV XODIMI ANIQLANDI

“Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra 2025-yil noyabr oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi:

Abdillayeva Sarvinoz Abduazizovna - Kitob tumani adliya bo’limi FHDY bo’limi 2 - toifali inspektori

⚡️Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.

????Qashqadaryo viloyat adliya  boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafar tilaydi.

Kanalga ulanish????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

06
Adliya xabari

#Konstitusiya
#adliya_hudud

✅G‘uzor tumani Davlat xizmatlari markazida — Konstitutsiyamizning 33 yilligi munosabati bilan yoshlarga pasportlar tantanali tarzda topshirildi

Bugun G‘uzor tumani davlat xizmatlari markazi tomonidan 4 nafar 16 yoshga to‘lgan bir guruh yosh fuqarolarga o‘zining ilk shaxsiy hujjati — biometrik pasport tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 33 yilligi bilan ayni paytda o‘tkazilib, yoshlar uchun unutilmas lahzaga aylandi.

Ular yangi pasportlarini qo‘lga olar ekan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida o‘z huquq va burchlarini teran his etish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash borasida muhim qadam qo‘ydilar.

???????? Konstitutsiya — huquqlarimiz kafolati, fuqarolik pasporti esa uning amaldagi timsolidir.

✅Kanalga ulaning????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya