Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

05
Adliya xabari

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Kitob tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida fidokorona mehnat qilgan, hozirda Kitob tumani Beshariq MFY, Nug‘ayli qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 1927-yilda tug‘ilgan faxriy onaxon Gadoyeva Sharofat momo holidan xabar olindi.

Tashrif davomida momoning uzoq yillik mehnat faoliyati, urush yillaridagi mashaqqatli hayoti va bugungi tinch-osuda kunlarga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Sharofat momoga samimiy tilaklar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mamlakatimiz tinchligi va bugungi farovon hayot yo‘lida xizmat qilgan faxriy avlod vakillariga doimo hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning muqaddas burchimiz ekani ta’kidlandi.

Kitob tuman Adliya bo’limi
https://t.me/kitobadliya

05
Adliya xabari

#TAYINLOV

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

- Turapov Suxrob Sattar o‘g‘li – boshqarmaning  Rejalashtirish va nazorat tahlil sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S.Turapov  tayinlovga qadar  boshqarmaning  Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi S.Turapovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

05
Sayyor qabul

#Sayyor qabul – adliya xalq dardi bilan

Ko‘kdala tumani “Ko‘kdala” mahallasida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabul chin ma’noda xalq dardini tinglash, ularning muammolariga yechim topish maydoniga aylandi. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarini qiynab kelayotgan masalalar birma-bir eshitilib, murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi hamda har biriga aniq va asosli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Jarayonda tuman hokimi Xurram Jurayev ham faol ishtirok etib, hududdagi dolzarb muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rilishini ta’minladi.

E’tiborlisi, qabul davomida 70 dan ortiq fuqaro ishtirok etib, ularning 10 ta murojaati ish yurituviga olindi. 12 ta masala shu joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 18 ta murojaat bo‘yicha batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya/36819

05
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev hamda viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i J. Fyazullayev boshchiligida Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv Prezidentimiz tashabbusi bilan 24-fevraldan boshlab haftaning har payshanbasi “Yoshlar kuni” sifatida belgilash hamda rahbarlar va yoshlar o‘rtasida muntazam ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida o‘tkazildi.

Tadbir davomida texnikum o‘quvchi-yoshlari faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar, muammo va takliflarini bildirdi. Ularning murojaatlari mas’ullar tomonidan atroflicha tinglanib, tegishliligi bo’yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Tadbir yakunida ochiq muloqotda faol ishtirok etgan, dolzarb taklif va tashabbuslari bilan ajralib turgan o‘quvchi-yoshlarga viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning huquqiy ongi va faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat hayotidagi islohotlarga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

05
Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish – jamiyat barqarorligining muhim omili!

Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish – jamiyat barqarorligining muhim omili!

2026 yil 3 mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi PF–33-son Farmon mamlakatimizda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilish, erta nikoh hamda turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, shuningdek, jamiyatda ushbu illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan muhim huquqiy hujjatdir.

05
SIZ DOIM E'TIBORIMIZ VA ARDOG‘IMIZDASIZ!

Ayol — nafaqat mehribon ona va sadoqatli rafiqa, balki jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shayotgan, davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan ulug‘ siymodir.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida boshqarma boshlig’i S.Nuriyev so’zga chiqib, adliya tizimida faoliyat yuritayotgan dilbar xotin-qizlarni samimiy tabriklab, ularning jamiyatdagi o‘rni, mehnati va fidoyiligini alohida e’tirof etdi.

Shuningdek, mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida qonunchilik tizimi tobora mustahkamlanib borayotgani, turli imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari kengayib borayotganiga alohida urg‘u berildi.

Aziz va muhtarama ayollar! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

04
Adliya yoshlar

#adliya_yoshlar

Bugun Qarshi shahrida bir guruh yoshlar hamda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari T. Imomberdiyev ishtirokida viloyat yuridik texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv davomida 9-sinf bitiruvchilari texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirilib, ular uchun ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi.

Muloqot jarayonida yoshlar sportchilar, psixologlar hamda mashhur aktyorlar bilan suhbatlashish imkoniga ega bo‘lishdi. Ular tomonidan o‘z hayot yo‘llari, erishilgan yutuqlar va duch kelgan qiyinchiliklar haqida qiziqarli hikoyalar aytib berildi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida yoshlarni turli salbiy illatlardan ogohlikka chaqiruvchi "Drug Dealer" filmi namoyish etildi. Film orqali giyohvandlikning salbiy oqibatlari va uning inson hayotiga ko‘rsatadigan zararli ta’siri haqida muhim tushunchalar berildi.

Uchrashuv yoshlar uchun yuqori motivatsion ruhda o‘tdi.

https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya/35546

03
#TAYINLOV Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

#TAYINLOV

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

- YARBOZOROV XAYRULLA BUTAYEVICH  – Chiroqchi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

X.Yarbazarov  tayinlovga qadar  Chiroqchi tuman adliya bo‘limi YXKM boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi X.Yarbozarovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
????•  (https://t.me/thedepartmentofcontinuousedu)facebook (https://www.facebook.com/qashqadaryoviloyatadliya) |????•  (https://t.me/thedepartmentofcontinuousedu)youtube (https://www.youtube.com/@QashqadaryoAdliya) |???? •  (https://t.me/thedepartmentofcontinuousedu)rasmiy sayt (https://qashqadaryo.adliya.uz/uz/) |???? • telegram (https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya) |???? • instagram (https://www.instagram.com/qashqadaryo.adliya.uz/)

02
adliya_xabari

#TAYINLOV

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

- AMINOV XASAN ZAYDULLAYEVICH  – Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Moliya-iqtisod sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

X.Aminov tayinlovga qadar Moliya-iqtisod sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimida  faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi X.Aminovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

Kanalga ulaning????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

02
adliya_xabari

#TAYINLOV

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

- SUYUNOV MIRVOHID MIRFOZIL OG'LI -  Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

M.Suyunov tayinlovga qadar  boshqarmaning Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi M.Suyunovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

Kanalga ulaning????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya