Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

25
Adliya xabari

Nikohlanuvchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish masalalari muhokama qilindi

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida onalik va bolalikni muhofaza qilish, nikohlanuvchilar hamda xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlarini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminar davomida aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tibbiy ko‘riklarning sifat va samaradorligini oshirish, sohadagi amaldagi qonunchilik talablari hamda hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

23
Adliya xabari

KONTRAFAKTSIZ HUDUD

Qarshi sharidagi dorixonalarda  kontrafakt mahsulotlarning oldini olish va intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

Kontrafakt mahsulotlar nafaqat tadbirkorlarning qonuniy manfaatlariga, balki iste’molchilarning ham huquqlariga zarar yetkazadi.

Qalbaki mahsulotlar sifatsiz bo‘lishi, inson salomatligi va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu bois adliya organlari tomonidan savdo nuqtalarida tushuntirish ishlari olib borilib, fuqarolar va tadbirkorlar intellektual mulk huquqlariga hurmat bilan yondashishga chaqirilmoqda. Zero, qonuniy mahsulot — sifat va ishonch kafolatidir.


23
Adliya xabari

Kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi!

Qashqadaryo viloyati IIB Kiberxavfsizlik va kiberjinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi  tomonidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida kiberjinoyatlarning oldini olish hamda kiberfiribgarlik holatlaridan ogohlikni oshirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.

⚖️ Adliya va ichki ishlar organlari hamkorligida fuqarolarni kiberxavflardan himoya qilish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda.

22
Adliya xabari

#adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan pedagoglarning buzilgan huquqlari tiklandi

Qarshi shahridagi 18-sonli ko‘zi ojiz bolalar uchun “Nurli Maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatida faoliyat yuritayotgan bir guruh pedagog xodimlar malaka oshirish davri uchun xizmat safari xarajatlari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildilar.

Murojaat Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlari sho‘basi tomonidan o‘rganilib, aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida 20 nafar pedagog xodimga malaka oshirish davri uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 55 million 970 ming 158 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari to‘liq undirilib, to‘lab berilishi ta’minlandi.

Adliya organlari tomonidan fuqarolarning mehnat va ijtimoiy huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

@qashqadaryoviloyatadliya

22
Adliya xabari

#DIQQAT

“ADOLAT SAYLI” GA MARHAMAT!

❗️ Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi barchangizni — “Adolat sayli”ga taklif etadi.

????Tadbir 24-iyun kuni soat: 10:00 da  Qarshi davlat Universitetida boshlanadi!

???? Sayilda Sizni nimalar kutmoqda?

✍️Bepul huquqiy maslahatlar
✍️Davlat xizmatlari markazi xizmatlari
✍️FHDY va notarius xizmatlari
✍️Rahbar va yoshlar uchrashuvi
✍️ Sayyor qabullar
✍️ “Madad” NNT va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari ko‘magi
✍️Qiziqarli viktorinalar va interaktiv testlar
✍️Maxsus fotozona
✍️ Ko‘ngilochar dasturlar

???? Eng faol ishtirokchilar uchun maxsus sovg‘alar tayyorlangan!

Huquqiy bilimlaringizni sinab ko‘ring, mutaxassislardan bepul maslahat oling va bayramona kayfiyatdan bahramand bo‘ling!

???? Hurmatli fuqarolar!

Oila a’zolaringiz, do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan birgalikda “Adolat sayli”da ishtirok eting!

????Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi!

@qashqadaryoviloyatadliya

21
Adliya xabari

#Adliya_yoshlar

“Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar doirasida “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovi tashkil etildi.

Ishtirokchilar quyidagi shartlar bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdi:

“Men haqimda” taqdimoti;
“Tashabbuskorlik va faollik”;
“Huquqiy muammoli holat (kazus)”.

Tanlov natijalariga ko'ra:
????-Ne’matova Muxlisa Komil qizi - Nishon tumani FHDY boʻlimi, 1-toifali inspektor

????-o'rinni Ismatullayev Chori Narzulla o‘g‘li  - Mirishkor tuman adliya bo‘limi,  bosh maslahatchi

????-o'rinni Qo‘ldoshev Sherzod Mansur o‘g‘li -   Koson tuman YXKM, bosh yuriskonsult qo'lga kiritdi.

???? Tanlov g‘oliblari diplom, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.


19
SUD TIZIMIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

SUD TIZIMIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

Huquqiy demokratik davlat qurish yo‘lida sud hokimiyatining o‘rni beqiyosdir. Sudlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda jamiyatda adolat qaror topishiga xizmat qiladi. Shu bois sud tizimining mustaqilligi, xolisligi va shaffofligi davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan hisoblanadi. Biroq sud sohasida korrupsiyaning mavjudligi mazkur vazifalarning to‘liq amalga oshirilishiga jiddiy to‘sqinlik qiladi. Sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy va ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masaladir.
Korrupsiya — mansab vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida noqonuniy foydalanish holatidir. Sud tizimida korrupsiyaning namoyon bo‘lishi esa adolat tamoyiliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazadi. Chunki sud qarorlari inson taqdiri, mulkiy munosabatlar, tadbirkorlik faoliyati va boshqa muhim masalalarga ta’sir ko‘rsatadi.
Sud sohasidagi korrupsiyaning eng xavfli jihati shundaki, u fuqarolarning davlatga va qonunlarga bo‘lgan ishonchini susaytiradi. Agar sud qarorlari qonun asosida emas, balki manfaatdor tomonlar ta’siri ostida qabul qilinsa, jamiyatda adolatsizlik tuyg‘usi kuchayadi. Bu esa huquqiy nigilizmning o‘sishiga, qonunlarga itoat qilish darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, korrupsiya iqtisodiy rivojlanishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Investorlar mustaqil va adolatli sud tizimi mavjud bo‘lgan mamlakatlarga ko‘proq ishonch bildiradilar. Sudlarda korrupsiyaning yuqori darajasi esa investitsiya muhitini yomonlashtirib, iqtisodiy faollikni cheklaydi.
Adolat har qanday sud tizimining bosh maqsadi hisoblanadi. Sudya o‘z faoliyatida faqat qonun talablariga amal qilishi, ishlarni xolis va mustaqil ko‘rib chiqishi lozim. Adolatli sudlov fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishning eng muhim kafolatidir.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sud qarorlarining xolisligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa barcha shaxslarning qonun oldida tengligi prinsipini ro‘yobga chiqaradi. Adolatli sud tizimi orqali fuqarolar davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi, huquqiy madaniyat va huquqiy ong yuksaladi.
Sud tizimida shaffoflikni ta’minlash korrupsiyaga qarshi kurashning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shaffoflik deganda sud faoliyatining ochiqligi, qaror qabul qilish jarayonlarining jamoatchilik uchun tushunarli va nazorat qilinishi mumkin bo‘lgan holda tashkil etilishi tushuniladi.
So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali sud tizimida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Elektron sudlov tizimi, onlayn murojaatlar qabul qilinishi, ishlarni avtomatik taqsimlash hamda sud qarorlarining elektron ma’lumotlar bazalarida e’lon qilinishi inson omilini kamaytirib, korrupsiya xavfini pasaytirishga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, sud majlislarining ochiq o‘tkazilishi, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillarining ishtirok etishi ham sud faoliyatining shaffofligini oshirishga yordam beradi.
Sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish adolatli va huquqiy davlat barpo etishning muhim sharti hisoblanadi. Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi sud hokimiyatining nufuziga putur yetkazib, fuqarolarning qonun va davlatga bo‘lgan ishonchini kamaytiradi. Shu sababli sud tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, sudyalar mustaqilligini mustahkamlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali korrupsiya xavflarini kamaytirish mumkin.
Adolat va shaffoflik ustuvor bo‘lgan sud tizimigina inson huquqlari va qonuniy manfaatlarining ishonchli himoyasini ta’minlaydi, qonun ustuvorligini qaror toptiradi hamda mamlakat taraqqiyoti uchun mustahkam huquqiy zamin yaratadi.

    Surxondaryo viloyat sudi sudyasi Sh.Tog‘ayev

19
Adliya xabari

#Adliya_xabari
#Giyohvandlikka_qarshi_kurash
#Bolalar_va_yoshlar_huquqlari_aksiya

Yoshlar sog‘lom turmush tarafdori!

26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni hamda Bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish oyligi doirasida “Umid uchqunlari” maktabida rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Tanlov davomida o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari orqali sog‘lom turmush tarzi, zararli illatlardan yiroq bo‘lish, bolalar huquqlarini hurmat qilish va yorqin kelajak g‘oyalarini aks ettirdilar.

Tadbir yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida ogohlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating❗️

17
TAYINLOV!

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

Rahmonov Sardorbek Rizo o'g'li  – Yakkabog' tuman adliya bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

S.Rahmonov – Shu kunga qadar Kitob tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i  lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi  Rahmonov Sardorbek Rizo o'g'lini - tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

17
Adliya yoshlar

#Aksiya

Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi va "Adliya kuni"  tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya, yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, talaba-yoshlarni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.